So’nggi yangiliklar

10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  0 09:30Ўтган мавсумдаги Суперлиганинг "энг яхши ёш футболчиси" фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  1 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  11 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  6 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  7 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  9 01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  12 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  7 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  75 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  3 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7

Vodiy futboliga qayta jon berishi kutilayotgan loyiha start olayapti! Yangiliklar

Vodiy futboliga qayta jon berishi kutilayotgan loyiha start olayapti!

Namangan viloyati hokimi Xayrulla Bozorov, O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov, Odil Ahmedov akademiyasi vodiy bo'yicha ish boshqaruvchisi Sodiq Ahmadaliev va loyiha rahbari Nodirxo'ja Yuldashev tomonidan vodiy futbolining kelajagi sifatida etirof qilinayotgan loyihaning ilk ko'rinishdagi musobaqasi 29 sentyabr kuni start oladi.

SHu munosabat bilan kecha To'raqo'rg'on tumanidagi Odil Ahmedov akademiyasida murabbiylar o'rtasida yig'ilish bo'lib o'tdi va unda takliflar o'rganildi. Boshlanishiga loyihada 10ta jamoa qatnashishi lozim edi. Afsuski yakshanba kuni tarbiyalanuvchilarni uyga ketishi munosabati bilan, Namangan akademiyasi bosh murabbiyi turnirda ishtirok eta olmasligini bildirdi.


Loyiha haqida qisqacha. Musobaqada 2007 va 2008 yilda tavallud topgan futbolchilar qatnashadilar. Uchrashuvlar nostandart (50x80) maydonda (2007 yillar uchun mos ravishda) bo'lib o'tadi. O'yinlarni qanot hakamlaridan iborat guruhga ega malakali referilar boshqarib boradilar. Bunaqasi bolalar futbolida hali kuzatilmagan. Har bir uchrashuv tasvirga olinadi va o'z shogirdlarining harakatlari ustida ish olib borish uchun murabbiylarga taqdim qilinadi.


"Viloyat hokimi Xayrulla Xayitboevich bizga katta ishonch bildirdi. Hozir Namangan viloyati futbol associaciyasining rivojlantirish dasturi ustida ishlayapmiz. Tez qarorga kelish niyatimiz yo'q. Mana 1 oydan oshdiki, hududlarda monitoring ishlarini olib bordik. Biz bormagan tuman qolmadi. Muammolarni o'rgandik. Bu erda ukalarimiz, Odil, Sodiq, Nodirxo'ja katta yordam qilayaptilar. Yaqin 20 kun ichida "Navbahor CHEMPION" deb nomlangan istiqbolli loyihani ommaga taqdim etamiz. Rejamizga ko'ra, 6-7 yildan so'ng "Navbahor" muntazam OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritib boradigan jamoaga aylanishi kerak. Bu borada, viloyat hokimi 2 marotaba tuman hokimliklari, sport boshqarmasi, BO'SM direktor va murabbiylari bilan kengaytirilgan yig'ilish o'tkazdi. Bu esa o'z navbatida bizning ishimizni engillashtirayapti. Hozir barchamizni birlashadigan davrimiz. "Vodiy Ligasi" esa bizning ilk loyihamiz sifatida tarixga kiradi", - deydi Namangan futboli yulduzi, ayni damda VFA 1-Vice-prezidenti, SHuhrat Mirxoldirshoev.


Musobaqa nizomiga ko'ra maydonda 2 nafar 2008 yilda tavallud topgan futbolchi bo'lishi kerak. 7ta tur yakunlariga ko'ra sovrindorlar aniqlanadi. Turnirning 7-tur, so'nggi o'yin kuniga Italiyaning "Karpi" jamoasi akademiyasi direktori Daniel Andreocci tashrif buyuradi va 8ta jamoadan 18 nafar futbolchini tashkilotchilarga taqdim etadi. SHu tariqa biz 2007 yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat vodiy terma jamoasini shakillantiramiz va noyabr oyida 5 kunga ularni italiyalik mutaxassis boshqaruvida 2 mahallik mashg'ulotlarni tashkil qilamiz. SHundan so'ng, mazkur 18 nafar futbolchi Toshkentda bo'lib, italiyalik murabbiy qo'l ostida "Bunyodkor", "Lokomotiv" va Toshkent akademiyasiga qarshi 3ta o'rtoqlik o'yinida maydonga chiqadilar. Bu bilan biz 8ta jamoa futbolchilari o'rtasida, terma jamoaga intilish stimulini uyg'otamiz. Tur uchrashuvlari uchun maydon, vodiy terma jamoasi uchun yotoq Odil Ahmedov akademiyasidan bepul taqdim etiladi!


Barcha tur o'yinlari, To'raqo'rg'ondagi zamonaviy futbol akademiyada bo'lib o'tadi

2020 yil mazkur loyiha 2007, 2008, 2009 va 2010 yillarda tavallud topgan futbolchilar o'rtasida tashkil qilinadi va uning geografiyasi kengayadi. 



Mana shu ikki kishi tufayli viloyatda bolalar futboli yana qayta oyoqqa turayapti


"Bizning yoshligimizda bunday musobaqalar bo'lmasdi, shuning uchun barchamiz Toshkentga intilar edik. Afsuski hammada ham Toshkentga kelish imkoniyati bo'lmagan. Natijada ko'plab istedodli futbolchilar faoliyatlarini erta yakunlaganlar. Viloyatimiz hokimligi bilan vodiy futbolini rivojlantirish borasida ish olib borayapmiz. Namanganda futbol kuchayishi uchun, qo'shni Andijon va Farg'onada ham rivojlanishi kerak. Hamma yaxshi mahsulot sifatli raqobatdan kelib chiqib yuzaga chiqadi", - deydi Sodiq Ahmadaliev.

Ishtirokchi jamoalar: "Neftchi" (Farg'ona), "Navbahor" (Namangan), Andijon Akademiya (Andijon), "SHtutgart" (Namangan), "Farovon" (Marg'ilon), "Odil Ahmedov FA" (To'raqo'rg'on/Kosonsoy), "Lokomotiv-BFK" (Qo'qon), "CHust BO'SM" (CHust).


1-tur. 29 sentyabr (yakshanba)

14:00. "Neftchi"-"CHust BO'SM"

15:00. "Lokomotiv-BFK"-Andijon Akademiya

16:00. "Farovon"- "Navbahor"

17:00. "Odil Ahmedov FA"-"SHtutgart"


2-tur. 6 oktyabr (yakshanba)

"SHtutgart"-"Neftchi"

"CHust BO'SM"-Andijon Akademiya

"Lokomotiv-BFK"-"Farovon"

"Odil Ahmedov FA"-"Navbahor"


3-tur. 13 oktyabr (yakshanba)

"Neftchi"- Andijon Akademiya

"SHtutgart"-"Navbahor"

"CHust BO'SM"-"Farovon"

"Odil Ahmedov FA"-"Lokomotiv-BFK"


4-tur. 20 oktyabr (yakshanba)

"Navbahor"-"Neftchi"

Andijon Akademiya-"Farovon"

"SHtutgart"-"Lokomotiv-BFK"

"CHust BO'SM"-"Odil Ahmedov FA"


5-tur. 27 oktyabr (yakshanba)

"Neftchi"-"Farovon"

"Navbahor"-"Lokomotiv-BFK"

Andijon Akademiya - "Odil Ahmedov FA"

"SHtutgart"-"CHust BO'SM"


6-tur. 10 oktyabr (yakshanba)

"Lokomotiv-BFK"-"Neftchi"

"Farovon"-"Odil Ahmedov FA"

"Navbahor"-"CHust BO'SM"

Andijon Akademiya-"SHtutgart"


7-tur. 17 noyabr (yakshanba)

"Neftchi"-"Odil Ahmedov FA"

"Lokomotiv-BFK"-"CHust BO'SM"

"Farovon"-"SHtutgart"

"Navbahor"-Andijon Akademiya

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика