So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Vodiy futboliga qayta "jon" beramiz, "Odil Ahmedov" akademiyasi istedodlarni saralab oldi Yangiliklar

Vodiy futboliga qayta "jon" beramiz, "Odil Ahmedov" akademiyasi istedodlarni saralab oldi

Xabaringiz bor, Namangandagi sport kollejiga 2004 yilda tavallud topgan yosh futbolchilarni saralab olishda Odil Ahmedov maxsus dastur asosida viloyat hokimligi bilan hamkorlikda qabul o'tkazdi.

Rasmiy imtihonlardan bir hafta avval Namangan viloyati futbol federaciyasi bilan hamkorlikda 12ta jamoadan 200 nafarga yaqin futbolchilar ko'rikdan o'tkazildi. Unda Farg'ona, Andijon, Namangan viloyatlaridan tashrif buyurgan istedodlar qatnashdilar.  

Birinchi bosqichga Dilshod Nuraliev bosh-qosh bo'lgan bo'lsa, yakuniy imtihonga shahsan Rauf Inileev rahbarlik qildi. Inileev barcha yoshdagi terma jamoalarda faoliyat olib borgan mutaxassis sifatida imtihonlarning halol o'tishini taminlay oldi.

Imtihonlar "Navbahor" stadionida bo'lib o'tdi. Unda barcha ota-onalar va muxlislar ham qatnashish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

"Ochig'i so'nggi 10 yildan beri bunday sifatdagi ishni shahrimizda ko'rmay qo'ygandim. Hukumatimz rahbarlari, viloyatimiz rahbari va faxrimiz Odil Ahmedovga katta rahmat. SHu yo'l bilan vodiyga avvalgi sifat qaytariladigan bo'lsa, 7-8 yil kutishga tayyormiz. Biz "Navbahor"ni kamida "Nasaf"ga o'xshab bir meyorda o'ynaydigan klub bo'lishini istaymiz", - deydi o'zini Saidmurod deb tanishtirgan muxlis.

"Uchko'prikdan, bir emas uch nafar bolaning "Odil Ahmedov" akademiyasiga kirishi bizga bo'lgan talabni oshirdi. Mana endi ota-onalar yana bizga ishona boshladilar. Akademiyaga kirgan uch nafar bolamizning ikkitasi bundan 5 yil avval Sergey Lushan tomonidan "Bunyodkor" akademiyasiga taklif qilingandi. Afsuski, ota-onalarning imkoniyati yo'qligi tufayli ular poytaxtga bora olishmagan. SHunga qaramay, o'z ustilarida ishlashda davom etdilar va bugun ular yurtimizda eng kuchli akademiyalardan biri bo'lishi kutilayotgan kollejning ilk qaldirg'ochiga aylandilar. Endi bizning tumanimizda shu klub azosiga aylanish uchun boshqalarda ham qiziqish oshdi. Murabbiylarga ham yaxshi, bola tarbiyalasang-u, etilganida futbolni tashlab ketsa alam qilarkan", - deydi Uchko'prik tumani BO'SM murabbiyi Ravshan Mamajonov. 

Imtihon yakunlariga ko'ra, 15 nafar vodiyning istedodli farzandlari sentyabr oyidan boshlab yangicha formatda tahsil olishni boshlaydilar. Akademiya Toshkentda faoliyatini boshlagan "JFL Tashkent" bolalar futbol klubi bilan hamkorlikda Germaniya, Ispaniya va Italiya metodikalari asosida faoliyat olib boradi.


Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика