So’nggi yangiliklar

12:50Маскерано: "Биз бу ўйинда аутсайдермиз"  0 12:14Бруну Лаже "Челси"дан учралган мағлубиятга изох берди  0 11:52Рейна ўз давридаги энг кучли дарвозабонларни санади  2 11:25Энцо Мареска: "Челси" сўнгги ойдаги энг зўр ўйинини ўтказди"  0 10:43МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди  0 10:10“Челси“ “Боруссия Д“ футболчисини сотиб олишга яқин  1 09:38Нико Уильямс “Барселона“га талаб қўйди  7 09:05Суперлига. Бугун 14-тур давом эттирилади  3 08:34"Нефтчи" собиқ футболчисини ортга қайтармоқчи  4 08:03Бугун аёллар терма жамоамиз Осиё кубоги саралашдаги юришини бошлайди  3 07:40Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" "Бенфика"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди  6 01:50"Ал Ҳилол"нинг собиқ бош мураббийи "Ал Насср"ни бошқаришга рози бўлди  4 00:54Расман: Поль Погба - "Монако" футболчиси!  3 00:36Акмал Рустамов: "Йигитларнинг барчасига раҳмат айтаман, улар бор кучи билан ҳаракат қилишмоқда"  3 00:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  5

"Vodiy futboli". Yoshlar ligasida g'alaba, durang va ikkita mag'lubiyat Yangiliklar

"Vodiy futboli". Yoshlar ligasida g'alaba, durang va ikkita mag'lubiyat

Vodiy klublari yoshlar ligasi doirasidagi o'yinlarini o'tkazishdi.

"Qo'qon-1912": Tajriba o'z so'zini aytganda

O'rinbosarlarimiz ikkinchi davradagi ikkinchi o'yinda ham maydonni mag'lub holda tark etishdi.  Toshkentda “Paxtakor” mehmoni bo'lgan Muhsin Nizomiddinov shogirdlari yirik 5:0 hisobida yutqazib qo'yishdi. Aytish joizki, o'yinda mezbonlarning tajribasi yaqqol namoyon bo'ldi. Ayniqsa, birinchi bo'limda harakat qilgan Kamoliddin Tojiev tajribasi “Paxtakor” o'rinbosarlariga qul keldi.

Bundan tashqari, maydon egalari safida Jamollidin Masharipov va Javohir Siddiqovlar ham “SHerlar”ning g'alabasiga zamin yaratdi. Bir so'z bilan aytganda, o'rinbosarlar bahsida tajriba o'z so'zini aytdi.

Yoshlarimiz yana bir jiddiy sinov kutib turibdi. O'rinbosarlarimiz 15 avgust kuni Qo'qonda Qarshining “Nasaf” jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. Ushbu bahsda vakillarimizga omad tilab qolamiz.

Yoshlar ligasi. 17-tur
"Paxtakor"  (Toshkent) - "Qo'qon-1912" (Qo'qon) 5:0 (2:0)
Gollar
: Yo'ldoshev 24, Mirzaev 41, Xursanov 55, Jӯraev 81, Olimov 84
"Qo'qon-1912": Matniyozov, Rustamov, Ergashev, Rahmonov, SHokirov, Malikjonov, Mamatxo'jaev, Zokirjonov, Meliqo'ziev, Hasanov, Xolmatov.
Zaxira: Omonov, Usmonov, Abdubannonov, Kritinin, Sulaymonov, Mamajonov, Muxtorov.
"Paxtakor": Tursunboev, Yo'ldoshev, Tojiev, Otaxonov, SHarobiddinov, Mirzaev, Siddiqov, Xursanov, Isroilov, Masharipov, Ortiqov.
Zaxira: Begishev, Olimov, SHoimov, Ahmadjonov, Doniyor Hoshimov, Jo'raev.



"Andijon": Yoshlarimiz "Mashal" bilan durang o'ynashdi


Kecha Oltinko'l tumanidagi markaziy o'yingohda “Andijon” va “Mashal” o'rinbosarlari kuch sinashdi.

Uchrashuv davomida mehmonlar ikki marta hisobda oldinda borishlariga qaramay, yakunda kuchlar teng keldi. Maydon egalaridan Farruh Mirzaev va Bahrom G'ofurov gol kiritishgan bo'lsa, muborakliklardan Sarjor Abduraimov bilan Muni Mirmuhsin Yusupov o'z hisoblariga gol yozib qo'yishdi.
 
“Andijon” – “Mashal” - 2:2 (0:1)
Oltinko'l. Markaziy stadion.
Hakam.
D.Jalimov.
Gollar: Farruh Mirzaev 48, Baxtiyor Qosimov 85 - Sardor Abduraimov 38, Muni Mirmuhsin Yusupov 58
“Andijon”: Lochin Dolimov, Bobur O'rishev, Artur Mamatkazin, Madamin Mahmudov, Farruh Mirzaev, Baxtiyor Qosimov, Farruh Bekmurodov, Abdurasul Abdug'aniev, Xondamir Yuldashev, Ravshan Tohirov, Dilmurod Mahmudov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Bahrom Qosimov, Ro'zivoy Abdug'afforov, SHohsulton Parpiev, Bunyod G'afforov.
“Mashal”: Javohir Ilyosov, Iskandar SHayqulov, Sirojiddin Rahmatullaev, Maradona Safarov, Sardor Abduraimov, Muni Mirmuhsin Yusupov, Abdulla Nabiev, SHohjahon Qilichev, Aziz Fayziev, Sirojiddin Allaev, SHohruh Dostonov.



"Navbahor": Yoshlar ligasi: G'alabasiz seriya 5 o'yinga etdi


Yoshlar ligasi 17- tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Unda "yosh navbahorchilar" Bekobodning "Metallurg" klubidagi tengqurlariga qarshi o'zaro kuch sinashishdi. Afsuski bu safar ham futbolchilarimiz ochkosiz ortga qaytishdi.

Birinchi bo'limda har ikki jamoa vakillarida gol urish uchun juda qulay imkoniyatlar yaratildi. Biroq, birinchi bo'limda maydon egalari hisobni ochishni uddasidan chiqishdi. Yagona gol tanaffusgacha saqlanib qoldi.

Ikkinchi bo'limda o'z o'yinini yanada kuchaytirgan Mustafo Bayramov shogirdlari mezbonlar darvozasiga ikkita to'p kiritishdi. Ammo, yoshlarimiz xuddi shuncha miqdorda o'z darvozalaridan gol olib chiqishga ham majbur bo'lishdi. SHu tariqa yoshlarimizning g'alabasiz o'yinlari soni beshtaga etdi.

"Metallurg" - "Navbahor" 3:2 (1:0). 7 avgust.
"Navbahor"
: Nodir Ashurmatov, Akbarali Xoldorov, Botir To'raboev, Omon-Biik Halilov, Rahmatullo Berdimurodov, Ibrohim Ismoilov, Aziz Umarov, Bilol SHarofiddinov, G'ayrat Jo'raev, Doniyor Inamov, Aziz Turg'unboev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Davron Isoqov, Ilhom Aliboev, Farrux Umaraliev.


"Neftchi": Yoshlarimizda g'alaba

Kecha yoshlar ligasining 17-turidan o'rin olgan o'yin bo'lib o'tdi. Farg'onada "Lokomotiv"ga qarshi bahsda yoshlarimiz Otabek Isroilovning goli evaziga g'alaba qozonishdi - 1:0.

NEFTCHI Farg'ona - LOKOMOTIV Toshkent - 1:0.
7 avgust, 2015 yil. Farg'ona shahri. “Qirguli” stadioni.
Yoshlar chempionati
Hakamlar:
Ahrol Risqullaev (Toshkent), SHohruh Azamov (Farg'ona), Javohir Hakimov (Farg'ona), Sanjar Rahmonov (Farg'ona sh.)
Nazoratchi hakam: Rashid Aytekov (Toshkent)
Gol: O.Isroilov 10.
NEFTCHI: A.Abdujalilov, O.Mahamadjonov, H.Asqaraliev, Z.Nurmatov, D.Tursunov, S.Qulmatov, O.Isroilov, T.Karimov, A.Aminjonov, H.Yakubov.
Zaxira: S.Smorodin, I.Ibragimov, I.Mamatboqiev, R. Ayvazov, E.Karimov, S.Abdullaev, H.G'aniev.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика