So’nggi yangiliklar

01:47Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди  1 01:18"Атлетико" ёзги трансферлар учун жуда катта маблағ ишлатади  3 00:55Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди, "Динамо" эса сафарда ўн киши бўлиб зафар қучди  1 00:53Ҳусайн Норчаев: "Бугун ҳимояда чалкашликлар бўлди. Кейинги ўйинларда яхшироқ ҳаракат қиламиз"  0 00:29Шароф Муҳиддинов: "Футбол 90-дақиқадан кейин ҳам ўйналади"  3 23:58Брайан Риаскос: "Бу голлар тасодиф эмасди"  10 23:32Рўзиқул Бердиев: "Икки очко йўқотдик деб ўйлайман"  21 23:11Баҳром Ҳайдаров: "Футболчилар мураббийсиз ҳам ғалаба қозонса бўлади"  6 22:59Камолиддин Тожиев: "Фақат Сергеевга боғланиб қолмаганмиз"  8 22:36Вадим Абрамов: "Чемпионлик? Бу ҳақида сентябрь-октябрь ойларида гаплашамиз"  6 22:02Суперлига. "Динамо" 10 киши бўлиб Қўқонда ғалабага эришди  19 22:01Суперлига. "Пахтакор" сўнгги дақиқаларда "Насаф" дарвозасига иккита гол уриб, мағлубиятдан қутулиб қолди  181 20:15"Эвертон" 16 йиллик футболчиси билан шартномани узайтирди  0 19:4438 ёшли Жиру Францияга қайтади  3 19:18Рубен Невеш: "Манчестер Сити"га қарши жипс бўлиб ўйнашимиз шарт"  1

"Vodiy futboli": Bugun to'rtta jamoa 23-tur o'yinini o'tkazadi Yangiliklar

"Vodiy futboli": Bugun to'rtta jamoa 23-tur o'yinini o'tkazadi

Bugun vodiyning to'rtta klubi 23-tur o'yinlarini o'tkazdi.

"Andijon": Yoshlarimizdan ketma-ket ikkinchi g'alaba

Kecha yoshlar ligasida navbatdagi tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. O'z maydonida “Lokomotiv” o'rinbosarlarini qabul qilgan “Andijon” yoshlar jamoasi ketma-ket ikkinchi g'alabasini nishonladi. O'tgan turda yoshlarimiz G'uzordan g'alaba bilan qaytishgandi. Bu turda yosh temiryo'lchilar dog'da qoldirildi. SHohsulton Parpiev va Farruh Mirzaevning gollariga raqiblar bir bor javob bera olishdi xolos.

Bugun asosiy tarkiblar o'rtasidagi bahs bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 16:30da boshlanadi.


"Navbahor": Ermatov uchun "Navbahor" ishtirokidagi beshinchi o'yin

Bugun O'zbekiston chempionati 23- turi doirasida "Navbahor" mehmonda "Nasaf"ga qarshi o'yin o'tkazadi. "Lochinlar" va "ajdarlar" o'rtasidagi bellashuvni Ravshan Ermatov boshqarib borishidan xabaringiz bor.

Mazkur o'yin toshkentlik referi uchun joriy mavsumda jamoamiz ishtirokidagi beshinchi uchrashuv bo'ladi ("Neftchi" - "Navbahor" 1:0 (3-tur); "Andijon" - "Navbahor" 3:2 (9-tur), "Lokomotiv" - "Navbahor" 5:1 (15-tur); "Navbahor" - "Neftchi" 1:0 (18-tur). Etiborlisi, Ermatov bu yil shu paytgacha "Nasaf"ning ham oliy liga doirasidagi to'rtta avvalgi o'yinlarida ishlagan ("Neftchi" - "Nasaf" 0:1 (10-tur); "Paxtakor" - "Nasaf" 3:1 (14-tur); "Nasaf" - "Olmaliq" 2:0 (17-tur), "Qizilqum" - "Nasaf" 1:2 (20-tur). Ko'rib turganingizdek Ravshan Ermatov boshqargan o'yinlarning to'rttasida "Navbahor" faqatgina bir bor g'alaba qozonib, qolgan barchasida raqibiga imkoniyatni boy bergan. "Nasaf" esa aksincha, bir o'yinda mag'lub bo'lib, uchta uchrashuvda qo'li baland kelgan. Takidlash lozimki, hakamlar orasida ushbu mavsum eng ko'p (21 o'yin) bellashuvlarga tayinlangan ham aynan Ravshan Ermatov hisoblanadi. SHuning uchun penalti belgilash (6 bor) va futbolchilarga qizil kartochka ko'rsatish (5 bor) bo'yicha u birinchi o'rinda bormoqda. SHuningdek Ermatov bosh hakamlar orasida eng yuqori ballga loyiq ko'riladigan arbitr sanaladi. Unga o'rtacha har bir o'yinda qo'iladigan baho 9,12.


"Qo'qon-1912": Yoshlarimiz yirik hisobda zafar quchishdi

Yoshlar ligasining 23-turida "Qo'qon-1912" o'z maydonida "Qizilqum"ni qabul qilib 3:0 hisobida zafar quchdi. Birinchi bo'limda Oybek Rustamov va Maruf Zokirjonov gol urishgan bo'lsa tanaffusdan so'ng Iqbol Malikjonov o'z hisobiga gol yozib qo'ydi.

Jamoa o'z ochkolari sonini 33taga etkazib olib 7-o'ringa chiqib oldi. Asosiy tarkiblar o'rtasidagi uchrashuv soat 16:30da boshlanadi.


"Neftchi": Yoshlarimiz "Dinamo"ga yutqazishdi

Kecha "Neftchi" yoshlari Samarqandda "Dinamo" mehmoni bo'lib 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo'yishdi. 27 ochkoga ega bo'lgan "Neftchi" musoabqa jadvalining 11-pog'onasida bormoqda.

Bugun "Dinamo" va "Neftchi" jamoalari o'rtasidagi bahs soat 16:00da boshlanadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика