So’nggi yangiliklar

09:52“Арсенал“ “Челси“ футболчисини 60 миллион еврога сотиб олади (Романо)  1 09:23Россиялик ҳужумчи иккинчи даврани Ўзбекистонда ўтказиши мумкин  2 08:55Here we go! “Реал“ яна бир футболчи билан келишувга эришди  7 08:26“Насаф“нинг яна бир етакчиси легионерга айланиши мумкин  4 07:57“Пахтакор“ ҳужумчиси иккинчи даврани “Динамо“да ўтказади  2 07:34Элдор Шомуродов хайрлашув хатини ёзди  9 01:34"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин  1 01:08Расман: Элдор Шомуродов - "Истанбул Башакшеҳир" футболчиси!  13 00:59Тео Эрнандес: "Милан" мен учун энг асосийси эди, сўнгги пайтдаги чиқарилган қарорлар мени шу ерга етаклади"  5 00:25"Атлетик" футболчиси Альварес футболдан четлатилди  1 23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  3 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  6 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0

Vodiy uchun qiyin turda imkoniyatlar qanday? Yangiliklar

Vodiy uchun qiyin turda imkoniyatlar qanday?

Bugun oliy liganing 12-tur o'yinlari start oladi.
Kunning markaziy o'yini Muborakda bo'lib o'tadi.

"SHo'rtan"dan farqli ravishda "Mashal" tetikroq. Muxtor Qurbonov shogirdlari 3 iyun kuni "Paxtakor"ga qarshi kubok o'yinida maydonga tushishgan. To'g'ri, Taran va Karpenko uchrashuvda ishtirok etmadi, lekin oz bo'lsa-da jamoada toliqish yo'q emas. "SHo'rtan"ga etishmayotgan narsa tempni bir tekisda ushlab turish bo'lyapti. Jamoa bir o'ynasa yaxshi harakat qiladi, o'yin chiqmasa himoya darz ketadi. "Mashal" esa o'z maydonida ochko ulashishni ko'p ham yoqtiravermaydi.

"Mashal" (Muborak) - "SHo'rtan" (G'uzor)
Imkoniyatlar: 55:45%

Hakamlar: SH.Qosimov (Toshkent), B.Qodirov (Buxoro), T.Qo'ldoshev (Buxoro), D.Jalimov (Nukus)
Nazoratchi: B.Galeev (Urganch).
PFL vakili: G. Rtveladze.




"Qo'qon-1912" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin "Navbahor"ning kayfiyati yaxshi deb aytsa bo'ladi. "Buxoro"da esa kichik o'zgarishlar bo'lib o'tdi. Yangi murabbiy va yangi rahbar har doim yaxshi natija ko'rsatgisi keladi. Ammo, ammosi shundaki, futbolchilar hali o'zgarmagan. "Navbahor"da bu yil Erkinov rosmana yaxshi harakat qilishni boshladi. Himoya va darvoza chizig'ida ham muammo yo'q. "Buxoro" o'z maydonida so'nggi turda "Lokomotiv" darvozasini ikki marotaba ishg'ol qilganini unutmaslik lozim.

"Navbahor" (Namangan) - "Buxoro" (Buxoro)
Imkoniyatlar: 55:45%

Hakamlar: M.Muxamedov (Toshkent vil.), A.Snetkov (Toshkent vil.), N.Ro'zimov (Toshkent), A.Ergashev (Toshkent)
Nazoratchi: D.Roman (Toshkent).
PFL vakili: A. Frolov.




Rustam Mirsodiqov shogirdlari so'nggi 3 o'yinda olti ochkoni, Abdullaev jamoasi esa uch ochkoni qo'lga kiritdi. Murodjon Toshmatovning o'yini ochilgan bir paytda raqiblarga qiyin bo'lib boryapti. "Qo'qon-1912" esa so'nggi turda o'z maydonida namanganliklarga imkoniyatni boy berdi. Doim ham himoyaga tayanib o'ynash oson emas, "Qo'qon-1912" o'z tarkibini saqlab qolgan holda ikkinchi davraga bitta hujumchi va ikkita yarim himoyachi olsa ishi yanada yaxshilanishi mumkin.

"Metallurg" (Bekobod) - "Qo'qon-1912" (Qo'qon)
Imkoniyatlar: 55:45%

Hakamlar: V.Serazetdinov (Toshkent), R.SHoyaxmetov (Toshkent), D.Saylalov (Toshkent), A.Rubakov (Toshkent)
Nazoratchi: A.Arutyunov (Toshkent).
PFL vakili: V.Letkin.




12-turni ham "So'g'diyona" o'zi uchun qurilgan yangi stadionda o'tkaza olmaydigan bo'ldi. Zomindagi o'yinga "Andijon" istab-istamasdan borayotgan bo'lsa ajab emas. Maydonning holati haqida ko'p gapirdik. Lekin nima ham derdik, jizzaxlik muxlislar ham oliy ligadan bahramand bo'lishni istashadi va ular uchun eng yaqin stadion bu Zominda. Lekin bu maydon "So'g'diyona"ning o'ziga ham noqulayliklar tug'diradi. Fayziev jamoasi texnikaga tayangan holda harakat qiladi. Bu maydonda esa kim bitta gol urib olsa, o'sha g'alaba qozonib ketishi mumkin.

"So'g'diyona" (Jizzax) - "Andijon" (Andijon)
Imkoniyatlar: 50:50%

Hakamlar: X.Ro'ziev (Toshkent), O.Abduvasilov (Toshkent), T.Gaynulin (Toshkent), N.Boltaev (Navoiy)
Nazoratchi: G'.Karimov (Toshkent).
PFL vakili: R. CHernikov.




Garchand, o'yinda "Lokomotiv" tarkib jihatdan ustunlikka ega bo'lsa-da, jamoa so'nggi o'yinlarda yaratilgan imkoniyatlardan yaxshi foydalana olmayotganini muammo deb aytsa bo'ladi. "Buxoro" bilan bo'lib o'tgan o'yinda Mamur Ikromov o'z darvozasidan ikkita to'p olib chiqdi. Uchrashuv so'nggida esa qizil kartochka olgan. Darvozabon "Loko" uchun muammo emas, zaxirada kimsan Ignatiy Nesterov. "Qizilqum"da Jabborov mavsumni yomon o'tkazmayapti. Akmal Rustamov hujumdagi xavfli himoyachi. "Lokomotiv"dan esa biron-bir futbolchini ajratib ko'rsata olmaymiz, hozircha har turda yangicha tarkib ko'ryapmiz.

"Lokomotiv" (Toshkent) - "Qizilqum" (Navoiy)
Imkoniyatlar: 55:45%

Hakamlar: R.Ermatov (Tashkent), A.Rasulov (Toshkent), J.Saidov (Toshkent), B.Yo'lchoraev (Guliston)
Nazoratchi: SH.Jumaev (Qarshi).
PFL vakili: N. Lutfulin.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика