So’nggi yangiliklar

22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  6 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  1 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  9 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  16 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  11 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  7 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  2 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  10 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  6 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  2 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  4 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  12 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1

"Vodiy futboli". Javohir Rasulov jarohat oldi Yangiliklar

"Vodiy futboli". Javohir Rasulov jarohat oldi

Vodiy klublari keyingi tur o'yiniga jiddiy tarzda tayyorgarlik olib borishmoqda.
"Qo'qon-1912": Jamoa bugun yig'iladi

"So'g'diyona"ga qarshi bahsdan so'ng qo'qonliklar bugun o'z qarorgohida yig'iladi. Rustam Abdullaev boshqaruvidagi jamoa 19 aprel, juma kuni o'z maydonida "Neftchi"ni qabul qiladi. Bo'lajak bahsga tayyorgarlik boshlandi. Aytish lozimki, derbida jamoaning asosiy o'yinchilaridan biri bo'lgan Sardor Eminov diskvalifikaciya tufayli "Neftchi" bilan bahsni o'tkazib yuboradi.



"Neftchi": Javohir Rasulov jarohat oldi

Xabaringiz bor, Farg'onaning "Neftchi" klubi o'tgan kuni ikki tomonlama nazorat uchrashuvini o'tkazdi. Ushbu bahsda yarim himoyachi Javohir Rasulov jarohat oldi. Futbolchi Toshkentda tibbiy ko'rikdan o'tadi, shundan so'ng uning jarohati qanchalik jiddiyligi malum bo'ladi.

Bugun jamoa 18:00da Qirgulidagi stadionda mashg'ulot o'tkazadi.



"Andijon": Asqaraliev va Otaxonov masalasi ertaga hal etiladi

Kecha jamoaning yoshlari va o'yin amaliyotiga kam ega bo'layotgan futbolchilari Andijon Olimpiya Zaxiralari Kolleji tabriyalanuvchilariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishdi. Bahsda "Andijon" 6:2 hisobida zafar quchdi.

Jamoa bugun 18:00da "Sog'lom Avlod" stadionida mashg'ulot o'tkazadi. Unda Sanjar Asqaraliev va Ibrohim Otaxonov ham qatnashadi. Bu ikki futbolchi borasida PFLning qarori ertaga malum bo'ladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика