So’nggi yangiliklar

08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  0 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  0 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  0 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  8 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  28 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  30 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  4 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  4 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2

"Vodiy futboli". "Neftchi" 14 may kuni Toshkentga boradi Yangiliklar

"Vodiy futboli". "Neftchi" 14 may kuni Toshkentga boradi

Vodiy klublari 9-turga tayyorgarlikni boshlashmoqda.
"Andijon": Derbiga tayyorgarlik bugundan boshlanadi

10 may kuni “Lokomotiv” klubiga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng bosh murabbiy Edgar Gess futbolchilarga bir kunlik dam berdi. Bugundan jamoamiz Andijonga yig'ilib yana bir muhim bellashuvga tayyorgarlikni boshlaydi.

Oliy liganing 9-turida “Andijon” jamoasi o'z maydonida “Navbahor”ni qabul qiladi. Vodiy derbisi bo'lgani bois bu o'yinning ahamiyati katta. CHunki jamoalar nechanchi o'rinda borishlaridan qatiy nazar, derbida kurash shiddatli kechadi. Uchrashuvning ahamiyati yuqoriligi bois derbiga tayyorgarlik ham shunga yarasha bo'ladi.

Bugun kunning ikkinchi yarmidan futbolchilar klub qarorgohida yig'ilib mashg'ulotlarni boshlaydilar. Eslatib o'tamiz, “Andijon” va “Navbahor” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 16 may kuni “Sog'lom avlod” stadionida bo'lib o'tadi.


"Navbahor": Ermatov ikkinchi bor o'yinimizda ishlaydi

Oliy liganing 9-turini Andijonda mezbonlarga qarshi o'tkazadigan "Navbahor" bugun ushbu uchrashuvga tayyorgarlikni boshlaydi.

SHamollab qolgani tufayli o'tgan o'yinni o'tkazib yuborgan Rabbim Hasanov bugungi mashg'ulotlarda umumiy guruhda ishlashi kutilmoqda. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

PFL vodiy derbisiga Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasini tayinladi. Ermatov bu yil "lochinlar" ishtirokidagi ikkinchi o'yinda ishlaydi. Bungacha u 3-turdan o'rin olgan "Neftchi" - "Navbahor" o'yinida hakamlik qilgandi. O'sha uchrashuv 1:0 hisobida Farg'ona klubining g'alabasi bilan tugagan edi.


"Neftchi": 14 may kuni Toshkentga boramiz

CHempionatda mag'lubiyatsiz ishtirok etayotgan Farg'onaning "Neftchi" klubi navbatdagi o'yinni Toshkentda "Paxtakor"ga qarshi o'tkazadi.

Murod Ismoilov shogirdlari Farg'onadagi o'z bazalarida muhim o'yinga jiddiy tayyorgarlik olib borishmoqda. "SHerlar" ishtirokidagi o'yinlarni ko'rib raqib haqida malumotlar to'planmoqda.

Klub matbuot xizmatining xabariga ko'ra jamoa 14 may kuni Toshkentga keladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика