So’nggi yangiliklar

22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  0 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  1 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  2 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  20 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  7 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  22 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  8 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  3

"Vodiy futboli". Kimsanov va Baqoev keyingi turni o'tkazib yuboradi Yangiliklar

"Vodiy futboli". Kimsanov va Baqoev keyingi turni o'tkazib yuboradi

Vodiy klublari 9-turdan oldin bir qator yo'qotishlarga uchrashdi.
"Andijon": Rahmonov, Azamov va Tursunov mashg'ulotlarga qo'shilishdi

“Andijon” jamoasini vodiy derbisida “Navbahor”ga qarshi o'yinga tayyorgarligi kechadan boshlagandi.

“Lokomotiv” bilan bo'lgan avvalgi turda maydonga tushmagan asosiy tarkib o'yinchilari Rasul Rahmonov, Rustam Azamov va Davron Tursunov tarkibga qaytgan holda mashg'ulotlarda astoydil shug'ullanishmoqda. Tursunov diskvalifikaciya tufayli avvalgi turni o'tkazib yuborgandi. Azamov bilan Rahmonovda kichik jarohat bor edi. Bu ikki futbolchini “Navbahor”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi hozircha aniq emas. Uch kun davomida bosh murabbiy ularning imkoniyatiga qarab bir qarorga keladi.

Eslatib o'tamiz, “Andijon” va “Navbahor” jamoalari o'rtasidagi bellashuv 16 may kuni bo'lib o'tadi.


"Qo'qon-1912": Jamoamiz "SHo'rtan"ga qarshi tayyorgarlikni boshladi


Kecha "Qo'qon-1912" jamoasi o'z qarorgohida yig'ilib navbatdagi o'yinga tayyorgarlikni boshladi. Rustam Abdullaev boshchiligidagi jamoa 9-turda o'z maydonida G'uzorning "SHo'rtan" klubiga qarshi o'ynaydi.

Ushbu uchrashuvda Jalil Kimsanov o'tkazib yuboradi. Sababi futbolchi o'tgan turda "Qizilqum"ga qarshi bahsda qizil kartochka olgandi.

Eslatib o'tamiz, "Qo'qon-1912" - "SHo'rtan" uchrashuvi 16 may kuni bo'lib o'tadi.


"Navbahor": Ulug'bek Baqoev "Andijon"ga qarshi o'ynay olmaydi


Namanganning "Navbahor" klubi keyingi tur vodiy derbisi doirasida "Andijon" mehmoni bo'ladi.

16 maydagi bahsda Ulug'bek Baqoev maydonga tusha olmaydi. Sababi tajribali hujumchining oliy ligadagi ogohlantirishlari soni 4taga etdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика