So’nggi yangiliklar

10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  1 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  5 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  9 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0

“Vodiy futboli”. Kapadze bilan Ismoilov bugun Qo'qonga boradi Yangiliklar

“Vodiy futboli”. Kapadze bilan Ismoilov bugun Qo'qonga boradi

Vodiy futboliga oid yangiliklar bilan tanishtirib borishda davom etamiz.
“Andijon”: Bir kunlik dam

Kecha jamoamiz o'z maydonida vodiy derbisida “Neftchi”ga qarshi maydonga tushib yirik hisobda imkoniyatni boy berdi.

Bekoboddagi bahsda yirik mag'lubiyatdan keyin jamoa o'ziga kela olmagan ko'rinadi, farg'onaliklarga ham imkoniyatni boy berdi. Natijada “Andijon” o'z maydonida chempionatdagi dastlabki mag'lubiyatini qabul qilib oldi. O'yindan so'ng odatdagidek futbolchilarga bir kunlik dam berildi. Endi dushanbadan jamoamiz yana qarorgohga yig'ilib tayyorgarlikni boshlaydi.


“Navbahor”: Kecha Qo'qonda o'yinoldi mashg'ulot o'tkazildi


Navbatdagi vodiy derbisiga lochinlarning ham tayyorgarligi past emas. Jamoa kecha Qo'qon shahriga etib kelgan va mehmonxonaga joylashib, astoydil hozirlik ko'rmoqda deyish mumkin. Baxtiyor Ashurmatov boshqaruvidagi jamoa azolari kecha yoshlar ligasidan o'rin olgan “Qo'qon-1912” – “Navbahor” (1:1) uchrashuvidan so'ng “Markaziy” stadionda o'yinoldi mashg'ulotini o'tkazdi.

Tarkibdagi yo'qotishlarga to'xtaladigan bo'lsak, jamoa sardori Dilshod Jabborov o'tgan uchrashuvda qizil kartochka olib maydonni tark etishi natijasida bugungi bahsni o'tkazib yuborishga majbur. SHuningdek, Azam Aliev ham diskvalifikaciya tufayli mazkur uchrashuvni muxlislar qatorida kuzatadi.


“Neftchi”: Kapadze bilan Ismoilov bugun Qo'qonga boradi

Kecha vodiy derbisida “Andijon” ustidan qozonilgan yirik g'alabadan so'ng bugun asosiy tarkib azolariga dam berildi. “Neftchi” futbol klubida bir necha yillardan buyon taminotchi xodim sifatida mexnat qilib kelayotgan Abduvali Yuldashevning bugungi nikoh to'yida “Neftchi” FK azolari ham ishtirok etadi. Abduvaliga butun jamoa baxt tilaydi.

SHuningdek, bugun Qo'qonda kechadigan “Qo'qon-1912” – “Navbahor” uchrashuvini bevosita stadionda kuzatish maqsadida “Neftchi” FK raisi Tohir Kapadze bilan bosh murabbiy Murod Ismoilov uchrashuvga tashrif buyuradi.


“Qo'qon-1912”: Bugun yana bir vodiy derbisi
Muxlislarni bugun Qo'qondagi “Markaziy” stadionda yana bir vodiy derbisi kutib turibdi.

“Qo'qon-1912” oliy liganing 11-turidan o'rin olgan “Navbahor”ga qarshi bahsini o'tkazadi. Mazkur o'yinga tayyorgarlik avjida. Bugun boshqa viloyatdan ham derbini qo'rgani muxlislar va mutaxassislar tashrif buyurishi kutilmoqda. “Qo'qon-1912” va “Navbahor”ning umumiy 19-to'qnashuvida kimning qo'li baland keladi? Buni o'yin ko'rsatib beradi. Sizni esa qiziqarli kechishi kutilayotgan uchrashuvga taklif etib qolamiz. Eslatib o'tamiz o'yin soat 17:00da start oladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика