"Vodiy futboli". Bugun yoshlar ligasi o'yinlari bo'ladi
01 avg 2015 15:02
Yangiliklar
"Vodiy futboli". Bugun yoshlar ligasi o'yinlari bo'ladi
"Qo'qon-1912": Akramjon Mamadalievni tabriklaymiz
Bugun "Qo'qon-1912" klubning marketing va matbuot xizmati bo'limini boshqarayotgan Akramjon Mamadalievning tug'ilgan kuni. SHu munosabat bilan u kishini klubimiz rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar, klub xodimlari va futbol muxlislari nomidan chin yurakdan tabriklaymiz. U kishiga sihat-salomatlik, kelgusi ishlariga omad tilab qolamiz.
Bugun 17:00da "Qo'qon-1912" va "Dinamo" yoshlari o'rtasidagi bahs boshlanadi.
"Andijon": Yoshlarimiz "Nasaf"ga qarshi o'ynashadi
Bugun yoshlar ligasi 16-turi doirasida "Andijon" - "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tadi. O'yin soat 17:30da Oltinko'ldagi stadionda boshlanadi. Barcha muxlislarni ushbu o'yinga chorlaymiz.
"Neftchi": G'uzorda yoshlarimiz "SHo'rtan" mehmoni bo'lishadi
Farg'onaning "Neftchi" klubi delegaciyasi G'uzor shahriga etib bordi. Bugun jamoaning yoshlari "SHo'rtan"ga qarshi maydonga tushadi. Bahs soat 18:00ga belgilangan.
Fikrlar