So’nggi yangiliklar

20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  4 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  0 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   10 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0 17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  4 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  2 16:36Бешариқ туманида футбол фахрийлари ўртасида шоу учрашуви ташкил этилди  0 16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0

“Vodiy futboli”. Bugun o'zbek “klassiko”si Yangiliklar

“Vodiy futboli”. Bugun o'zbek “klassiko”si

Vodiy futboliga oid yangiliklarni berib borishda davom etamiz.

“Qo'qon-1912”: Hasanboy Ergashev: “Bugun muxlislarimizni faqat g'alaba bilan xursand qilishimiz kerak”
Xabaringiz bor bugun Qo'qonda “Qo'qon-1912” - “SHo'rtan” bahsi bo'lib o'tadi. Qiziqarli kechishi kutilayotgan o'yin oldidan qo'qonliklarning matbuot xizmati jamoa himoyachisi Hasan Ergashev bilan suhbatda bo'ldi.
- O'yinga tayyorgarlik yuqori darajada. Barchamiz faqat g'alaba haqida o'ylayapmiz. Umid qilamanki, bugun omad biz tomonda bo'ladi va kerakli natijani qo'lga kirita olamiz. O'z maydonimizda muxlislarimizni faqat g'alaba bilan xursand qilishimiz shart deb o'ylayman. Buning uchun jamoadagi barcha yigitlar astoydil xarakat qiladi va ishqibozlarimizni o'z uyiga ijobiy kayfiyatda qaytib ketishadi degan umiddaman.
- “SHo'rtan” ham yaxshi jamoa. Tarkibi bu yil ham yaxshi shakllangan. Har qanday xolatda raqibni xurmat qilamiz va yuqorida aytib o'tganimdek o'zimiz uchun kerakli natijani qo'lga kiritish uchun kurashamiz - deydi Hasanboy Ergashev.



“Neftchi”: Bugun o'zbek “klassiko”si
Farg'onaning “Neftchi” klubi bugun Oliy liga 9-turi doirasida Toshkentda “Paxtakor” mehmoni bo'ladi. “Paxtakor” markaziy stadionida 19:00 da boshlanadigan o'yinga barcha o'yinchilar shay. Jamoa kecha CHilonzordagi “Paxtakor” klubiga qarashli suniy maydonda o'yindan oldingi so'nggi mashg'ulotni o'tkazdi. Futbolchilar engil mashqlarni bajarishdi va bugungi bellashuvga hamma tayyor.
O'ziga xos o'zbek “klassiko”sida kimning qo'li baland kelishini bir necha soatlardan so'ng bilib olamiz.


“Andijon”: Derbiga marhamat
Bugun oliy ligada 9-turning qolgan uchrashuvlari bo'lib o'tadi. Mazkur turning yana bir etiborga molik bahsi vodiy derbisi desak, mubolag'a bo'lmaydi.
“Andijon” va “Navbahor” jamoalari o'rtasidagi bellashuv boshlanishiga ham bir necha soat vaqt qoldi. Derbiga jamoamiz jiddiy hozirlik ko'rdi. Ayni paytda futbolchilarning kayfiyati alo darajada. Jamoamiz ustozi Edgar Gess o'yin oldidan qisqacha fikrini bildirib o'tdi.
-   “Navbahor”ga qarshi bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Bu o'yinning ahamiyati katta ekanligini futbolchilar his etib turishibdi. CHunki derbi har qanday vaziyatda ham keskin o'tadi. Bugun shogirdlarim bor imkoniyatlarini ishga solib muxlislarni xursand etishga harakat qilishadi”.


Eslatib kecha, “Andijon” va “Navbahor” yoshlar jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda mezbonlar 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi.


Bugungi derbini Osiyoning besh karra eng yaxshi hakami Ravshan Ermatov boshqarib boradi.


“Navbahor”: Ashurmatov bugun zaxira o'rindig'ida bo'lmaydi
Xabaringiz bo'lsa kerak, PFL tartib-intizom qo'mitasi “Navbahor” ustozi Baxtiyor Ashurmatovni “Nasaf” bilan o'yindan so'ng ikki uchrashuvga diskvalifikaciya qildi va moddiy jarimaga tortdi. 


Demak, bugungi vodiy derbisida “Navbahor” ustozi jamoasining “Andijon”ga qarshi o'tkazadigan bahsini zaxira o'rindig'ida kuzata olmaydi. Albatta bosh murabbiyning zaxira o'rindig'ida bo'lmasligi o'z tasirini o'tkazadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика