So’nggi yangiliklar

18:10"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 11 ёшли Абдуллоҳ Абдураимов  0 18:00Париж-2024. Ўзбекистон - Доминикан Республикаси (матнли трансляция)  15 17:4438 ёшли Хонда Бутан клуби билан 1 та ўйинга шартнома имзолади  1 17:20Суперлигада трансфер ойнасининг сўнгги кунида вазият қандай?  22 17:07Стив Брюс Ямайка терма жамоасида иш бошлаши мумкин  1 16:50Париж-2024. Ўзбекистон - Доминикан Республикаси: Асосий таркибимиз маълум  38 16:17Ҳусниддин Алиқулов ва Остон Ўрунов бугунги ўйинни ўтказиб юборади  26 15:54Фабрицио Романо: "Атлетико" Конор Галлахер трансферига яқин  2 15:23"Челси" Лукакуни Осимхенга алишмоқчи  2 14:58"Арсенал" Саненинг атрофидаги вазиятни кузатмоқда  1 14:09Эшитдик-да! "Бунёдкор" бугун "Олимпик" ўйинчиси билан шартнома тузади  2 13:39"Пахтакор" стадионига таъмир керак. У Суперлигани қабул қила олмайди  31 13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  1 12:52Ўзбекистонлик спортчиларнинг Париж Олимпиадасидаги иштирокидан ОНЛАЙН  3 12:31ЦСКА ҳужумчиси Греция клуби билан шартнома имзолайди   2

"Vodiy futboli": Bugun "Neftchi" Farg'onada, "Qo'qon-1912" Navoiyda o'ynaydi Yangiliklar

"Vodiy futboli": Bugun "Neftchi" Farg'onada, "Qo'qon-1912" Navoiyda o'ynaydi

Oliy liganing 8-turidan o'rin olgan dastlabki kunda vodiyning ikki klubi o'ynaydi.
"Andijon": Bugun yoshlarimiz "Do'stlik" stadionida o'ynaydi

Kecha Toshkentga yig'ilib “O'zbekiston” mehmonxonasiga joylashgan “Andijon” jamoasi “Lokomotiv”ga qarshi o'yinga tayyorgarlikni poytaxtda davom ettirmoqda.

Kecha kunning ikkinchi yarmida jamoamiz Toshkentdagi dastlabki mashg'ulotini o'tkazdi. Bugun ertalabki mashg'ulot esa “Lokomotiv” klubiga qarashli “Do'stlik” stadionida o'tkazildi. Jarohatlari borligi sababli Rahim Qodirov va Rasul Rahmonov hamda diskvalifikaciyasi borligi tufayli Davron Tursunovdan tashqari barcha futbolchilar mashg'ulotlarda ishtirok etdi.

Bugun “Do'stlik” stadionida yoshlar jamoamiz “Lokomotiv” o'rinbosarlariga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.



"Neftchi": Mag'lubiyatsiz seriya davom etadimi?

Bugun farg'onaning "Neftchi" klubi oliy liganing 8-turida "Dinamo"ni qabul qiladi. Prevyu

Bu mavsumda mag'lub bo'lmagan yagona jamoa bo'lib turgan "Neftchi" o'tgan turda ilk g'alabasini qo'lga kiritgan "Dinamo"ni qabul qiladi. Farg'ona klubining mag'lubiyatsiz seriyasi 8ta o'yinga etgan. Jamoa o'tgan yilning oxirgi turida ham mag'lub bo'lmagan.

Murod Ismoilov va Tachmurod Agamurodov boshchiligidagi jamoalar o'rtasidagi bahs soat 17:00da "Istiqlol" stadionida boshlanadi.



"Qo'qon-1912": Matniyozov va yana ikki nafar yo'qotish bor

Kecha "Yoshlar sport majmuasi" stadionida "Qizilqum" bilan o'yin oldidan mashg'ulot o'tkazildi. Navoiy shahrida bugun ob-havo yaxshi. Quyosh charaqlab turibdi. Prevyu

Tarkibda yo'qotishlar bor. Hozircha ulardan biri darvozabon Ruslan Matniyozov ekanligini aytish mumkin. 28 yoshli posbon "Buxoro" yoshlariga qarshi bahsda jarohat olib safdan chiqqandi. Asosiy tarkibning yana ikki azosi safda emas. Ular kimlar ekanligini o'yin arafasida malum qilamiz.

Darvoqe, kecha durang qayd etgan yoshlarimiz Qo'qonga qaytib ketishdi.



"Navbahor": Yoshlarimiz bugun "Nasaf" bilan o'ynashadi

Namanganning "Navbahor" klubi yoshlari bugun 8-tur o'yinini Qarshining "Nasaf" klubiga qarshi o'ynaydi. To'raqo'rg'ondagi “Yoshlik” o'yingohida o'tkaziladigan bahs 17.00da boshlanadi.

Ortda qolgan 7ta turda yosh "lochinlar" 3ta g'alabaga erishishdi. Bir marta durang o'ynashdi va 3 bor mag'lub bo'lishdi. Ayni paytda 10 ochko to'plagan "Navbahor" yoshlari musobaqa jadvalining 8-pog'onasida bormoqda.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика