So’nggi yangiliklar

00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  9 00:09"Эспаньол" — "Барселона". Таркиблар маълум  6 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  2 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  10 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2

"Vodiy futboli". Bugun "Andijon" o'ynaydi Yangiliklar

"Vodiy futboli". Bugun "Andijon" o'ynaydi

Vodiyning "Andijon" klubi bugun oliy ligadagi o'z o'yinini o'tkazadi.
"Qo'qon-1912": Futbolchilarga dam berildi

Kecha oliy liganing 13-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Neftchi" uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda dastlab hisobni ochganiga qaramay qo'qonliklar mag'lub bo'lishdi - 1:2. Ushbu o'yindan so'ng bugun futbolchilarga dam berildi. Rustam Abdullaev boshchiligidagi jamoa ertadan O'zbekiston kubogi 1/8 finali javob bahsi doirasidagi "So'g'diyona"ga qarshi uchrashuvga tayyorgarlikni boshlaydi.

Eslatib o'tamiz, dastlabki o'yinda "Qo'qon-1912" safarda 0:1 hisobida mag'lub bo'lgandi.


“Andijon”: Bugun “Bunyodkor”ga qarshi o'yin

Bugun oliy liga 13-tur bahslariga yakun yasaladi. “Andijon” jamoasi o'z maydonida “Bunyodkor” bilan kuch sinashadi.

Bu o'yinga jamoamizning tayyogarligi kutilgan darajada bo'ldi. Qolaversa, so'nggi ikkita uchrashuvdagi g'alabadan keyin futbolchilarning kayfiyati yuqori. Bugun jamoamiz kerakli uch ochkoni qo'lga kirita olsa, musobaqa jadvalida ortida kelayotgan taqibchilaridan yanada uzoqlashib oladi. Kecha “Andijon” va “Bunyodkor” o'rinbosarlari o'rtasidagi bahsda mehmonlar yirik hisobda g'alaba qozonishdi.

Eslatib o'tamiz, “Andijon” va “Bunyodkor” uchrashuvi bugun “Sog'lom avlod” stadionida soat 18:30da boshlanadi.


"Neftchi": Vodiy derbisida irodali g'alabaga erishdik

Kecha "Neftchi" vodiy derbisi doirasida "Qo'qon-1912" mehmoni bo'lib irodali g'alabaga erishdi. Nodir Qo'ziboevning goliga SHukur Po'latov va Akmal Xolmatov tomonidan javob berildi - 1:2.

"O'yin ancha og'ir kechdi. Juda ham ko'plab xavfli vaziyatlar sodir etildi. Teng kurashlarda kechgan bahsda omad biz tomonda bo'ldi. Akmal Xolmatovning goli har kuni ham urilavermaydi. Hozircha 3-o'rindamiz, birinchi davrani shu o'rinda tugatish uchun g'alaba kerak edi. Qo'qon jamoasi biz uchun begona emas. Oliy ligada o'z mavqeini tiklab kamida o'nlikka kiradi deb umid qilaman", - deydi Toxir Kapadze o'yindan keyingi matbuot anjumanida.

Eslatib o'tamiz, kechagi bahsda farg'onaliklar ustozi Murod Ismoilov o'z joyida o'tirgani yo'q. Bunga sabab PFL murabbiy borasida hali yakuniy qarorni chiqarmagani bo'ldi. SHu bois ham Murod Muzaffarovich o'yindan keyingi matbuot anjumaniga ham kirgani yo'q.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика