So’nggi yangiliklar

19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  4 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  1 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  7 16:21"Лидс" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  12 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0

“Vodiy futboli”. Andrey Fyodorov Moskvada o'qimoqda Yangiliklar

“Vodiy futboli”. Andrey Fyodorov Moskvada o'qimoqda

Vodiy futboliga oid yangiliklar bilan tanishtirib borishda davom etamiz.
"Andijon": Safarda uch yil avval g'alaba qo'lga kiritilgandi

Oliy liganing 12-turida “Andijon” jamoasi Zominda “So'g'diyona” klubi bilan kuch sinashib 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
Etiborlisi, oxirgi marta andijonliklar chempionatda bundan uch yil oldin, 2012 yilgi mavsumda safar uchrashuvida g'alaba qozonishgandi. O'shanda jamoamiz mehmonda “Qizilqum”ni 2:1 hisobida mag'lub etib qaytgandi. Ammo shundan beri andijonliklar safarda yutmay kelishayotgandi. 2013 yilda “Andijon” birinchi ligada ishtirok etdi. O'tgan mavsumda esa jamoa mehmonda birorta bahsda zafar quchgani yo'q. Nihoyat bu yoqimsiz ananaga 6 iyun kuni barham berildi.
Zomindagi o'yindan keyin futbolchilarga ikki kunlik dam berilgan edi. Klub matbuot xizmatining malum qilishicha bugundan jamoa yana qarorgohga yig'ilib mashg'ulotlarni boshlaydi.


“Neftchi”: Andrey Fyodorov “Pro” licenziyasi uchun Moskvada o'qimoqda

Xabaringiz bor oliy liga kichik tanaffusga chiqdi. Bundan foydalanib “Neftchi”ning rossiyalik darvozaboni Evgeniy CHeremisin bugun Qozon shahriga jo'nab ketdi. CHeremisinning uyi aynan Qozonda.
Bundan tashqari, jamoa murabbiylaridan biri Andrey Fyodorov ayni paytda “Pro” licenziyasiga Moskvada o'qimoqda. Milliy chempionatimizdagi kichik tanaffus sabab Fyodorov ham Moskvaga uchib ketdi.


“Navbahor”: Jamoa ertaga yig'iladi

“Navbahor” jamoasi Oliy liga 12-turida “Buxoro”ni 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi. Jamoaga shu o'yindan dam berilgan edi, ertadan klub yana yig'iladi va mashg'ulotlarga kirishadi. Namanganliklarning navbatdagi uchrashuvi milliy chempionat doirasida “Qizilqum”ga qarshi kechadi.


“Qo'qon-1912”: Jamoa bugun Toshkentda yig'ildi

O'zbekiston Kubogining 1/8 final bosqichida safarda “So'g'diyona” bilan o'ynaydigan qo'qonliklar bugundan Toshkentda yig'ildi. Poytaxtimizdagi shinam “O'zbekiston” mehmonxonasi jamoamiz uchun vaqtinchalik qarorgoh vazifasini o'tab beradi. Toshkentga yo'l olgan tarkibda Izzat G'aniev yo'q. Iqtidorli futbolchi hamon jaroxatini davolash bilan band. Qolgan hamma o'yinchilar sog'-salomat va bo'lajak bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'rilmoqda.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика