So’nggi yangiliklar

13:05Қисқа вақтда Осиёни ўзига қаратган "Бунёдкор" — 20 ёшда  0 12:45ОКМК "Машъал"ни кичик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 12:23Opta: Клублар ўртасидаги ЖЧда ПСЖ фаворит ҳисобланмоқда  4 11:48Факт: "Динамо" Самарқандда 17 йилдан буён "Насаф"ни юта олмаяпти  0 11:22Балотелли Шимолий Америкага йўл олиши мумкин  0 10:45"Жар"даги жанг: Саҳна тайёр, роллар тақсимланган, навбат спектаклга   15 10:17Алонсо ПСЖга қарши учрашув ҳақида фикр билдирди  20 09:45"Пахтакор" легионери ёзда жамоани тарк этади  3 09:08"Навбаҳор"нинг собиқ легионери фаолиятини "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  1 08:34Мусиала қанча муддатга сафдан чиққани маълум  7 08:05Суперлига. ОКМК минимал ҳисобда, "Бунёдкор" эса ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  0 07:57Суперлига. Бугун иккита супер учрашув бор  13 07:25МЛС. ЖЧдан қайтган "Интер Майами" рақибини йирик ҳисобда мағлуб этди. Мессидан 2+1  8 03:03Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" "Боруссия"ни мағлуб этиб, ярим финалга чиқди, финал йўлидаги рақиб — ПСЖ  25 01:50"Арсенал" ва Мадуэке шартнома борасида келишиб олди. "Челси" билан музокаралар яқин кунларда бошланади  3

"Vodiy futboli": Akmal Holmatov 4ta o'yindan buyon gol urmoqda Yangiliklar

"Vodiy futboli": Akmal Holmatov 4ta o'yindan buyon gol urmoqda

Vodiy klublari kecha 14-tur o'yinlarini o'tkazishdi. Natijalar: 2ta g'alaba, 2ta mag'lubiyat.
"Neftchi": Holmatovdan ajoyib seriya yoxud "Buxoro" mag'lub etildi

Oliy liganing 14-turida Farg'onaning "Neftchi" klubi o'z maydonida "Buxoro"ni qabul qildi. Uchrashuv taqdirini 38-daqiqada tajribali yarim himoyachi Akmal Holmatov tomonidan urilgan gol hal qildi - 1:0. SHu tariqa, "Neftchi" mavsumdagi o'zining 10-g'alabasini qo'lga kiritdi.

Akmal Holmatov oliy liganing oxirgi 4ta o'yinda maydonni golsiz tark etmayapti. Futbolchi "Andijon", "Olmaliq", "Qo'qon-1912" va "Buxoro" bilan o'yinlarda gol urishga erishdi.

Ushbu g'alabadan so'ng "Neftchi" o'z ochkolarini 32taga etkazib oldi va musobaqa jadvalida 3-o'ringa chiqib oldi.


"Navbahor": Bu yil birinchi marta 4ta gol urdik


Kecha G'uzorning "SHo'rtan" klubini qabul qilgan Namanganning "Navbahor" klubi 4:2 hisobida g'alabaga erishdi.

Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi jamoa 2015 yilgi mavsumda ilk bor bitta o'yinda raqib darvozasiga 4ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. So'nggi bor "lochinlar" o'tgan yilning 19-turida "So'g'diyona"ga qarshi o'yinda 4ta to'p kiritishgandi.

"Navbahor" 18 ochko bilan musobaqa jadvalining 9-pog'onasidan o'rin oldi.


"Andijon": Oliy ligadagi 300-mag'lubiyatni Samarqandda qabul qilib oldik


Samarqandda "Dinamo" klubi mehmoni bo'lgan "Andijon" klubi safarda 1:2 hisobida yutqazib qo'ydi.

Ushbu mag'lubiyat vodiy klubining oliy ligadagi 300-mag'lubiyati bo'ldi. "Burgutlar" kecha chempionatdagi o'zlarining 642-uchrashuvlarini o'tkazishdi. SHundan 215tasida g'alaba, 127tasida durang kuzatilgan.

"Andijon" hisobida hamon 11 ochko bor va jamoa 13-o'rinni egallab turibdi.



"Qo'qon-1912": "So'g'diyona"ga yana yutqazdik

Jizzaxdagi yangi qurib bitkazilgan stadionda "So'g'diyona" mehmoni bo'lgan "Qo'qon-1912" jamoasi 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Nodir Qo'ziboev ketma-ket ikkinchi turda gol urdi, biroq ikkala safar ham jamoa imkoniyatni boy berib qo'ydi.

O'tgan hafta kubok bahslarida aynan "So'g'diyona"ga yutqazib musobaqani tark etgan qo'qonliklar bu safar ham Jizzax klubi oldida ojiz qolishdi.

Rustam Abdullaev boshchiligidagi jamoa 10 ochko bilan 14-o'ringa tushib qoldi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика