So’nggi yangiliklar

12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  1 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  6 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  12 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5

“Vodiy futboli”. 11-turda ikkita vodiy derbisi o'tkaziladi Yangiliklar

“Vodiy futboli”. 11-turda ikkita vodiy derbisi o'tkaziladi

Vodiy futboliga oid yangiliklarni berishda davom etamiz.
“Andijon”: Bugun vodiy derbisi

Bugun oliy ligada 11-tur bahslariga start beriladi. Mazkur turning yana bir markaziy o'yinlaridan biri Andijonda bo'lib o'tadi.

Vodiy derbisida bugun “Andijon” va “Neftchi” jamoalari o'zaro kuch sinashishadi. To'g'ri, ayni paytda farg'onaliklar musobaqa jadvalida yuqori o'rinlarda, andijonliklar pastki pog'onalarda bo'lishiga qaramay, derbi baribir keskin o'tadi. SHu bois bugungi o'yinga qiziqish yuqori. Qolaversa, bugun “Sog'lom avlod” stadioniga farg'onalik minglab muxlislarni ham kelishi kutilmoqda. Ayni damda futbolchilarimizning kayfiyati yaxshi va bugungi bahsga tayyor.

Eslatib o'tamiz, “Andijon” va “Neftchi” jamoalari o'rtasidagi bellashuv soat 17:00da boshlanadi.


"Qo'qon-1912": Bugun yoshlarimiz o'ynaydi

Bugun yoshlar ligasining 11-tur o'yinlari davom ettiriladi. "Qo'qon-1912" yoshlari o'z maydonida "Navbahor" o'rinbosarlarini qabul qiladi. CHempionatda mag'lubiyatga uchramay kelayotgan yoshlarimizdan bugun ham ushbu yoqimli ananani davom ettirishlarini kutib qolamiz. Eslatib o'tamiz o'yin "Markaziy" stadionda soat 16:30da start oladi. Muxlislarni stadionga chorlab qolamiz.


“Neftchi”: O'yindan oldingi mashg'ulot “Istiqlol” stadionida o'tkazildi

Oliy liga 11-turida “Neftchi” jamoasi “Andijon” mehmoni bo'ladi. Vodiy derbisi bugun 17:00 da “Istiqlol” stadionida boshlanadi. Murod Ismoilov shogirdlari o'yindan oldingi mashg'ulotni kecha 10:00 da “Istiqlol” stadionida o'tkazishdi. Jarohati bor Javohir Rasulov va diskvalifikaciya tufayli maydonga tusha olmaydigan SHukurali Po'latovlardan tashqari barcha futbolchilar maydonga tushishga tayyor.


“Navbahor”: Derbiga tayyorgarlik jiddiy

Oliy liga 11-turida yana bir vodiy derbisi bo'lib o'tadi. “Qo'qon-1912” o'z maydonida “Navbahor”ni qabul qiladi. Namanganliklar bu uchrashuvga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko'rishmoqda. Asosiy tarkib bugun yoshlar jamoalari o'rtasidagi o'yindan so'ng “Markaziy” stadionda mashg'ulot o'tkazadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика