So’nggi yangiliklar

21:55"Фенербахче" "Фиорентина" футболчисини 10 млн еврога сотиб олмоқчи  0 21:33"Интер"нинг собиқ эгалари Португалия клубини сотиб олмоқчи  0 21:02Арнаутович ҳам Фабрегаснинг шогирдига айланиши мумкин  0 20:40"Челси" Лукаку борасида АПЛ клуби билан келишиб олди  2 20:18"Локомотив" янги футболчиларни таништирди ГАЛЕРЕЯ  0 20:00"Ньюкасл" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 19:38Расман: Килиан Мбаппе Европадаги энг ёш президентга айланди  2 19:18"Агар сенда "Милан" варианти бўлса, ўйлаб ўтирма!"  0 18:50Расман: Фёдор Чалов — ПАОК футболчиси!  1 18:34Расман: Страхиня Павлович — "Милан" футболчиси  1 18:08"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Камолов Жалолиддин  0 17:52"Вильярреал" ҳимоячиси АПЛга кўчиб ўтади  0 17:30Валерий Кичин: "Александр Крестининнинг қўнғироғидан сўнг "Локомотив"га ўтишим ҳал бўлди"  0 17:00Ханданович "Интер" ўсмирлар жамоасида иш бошлади  0 16:41Эшитдик-да! Ўзбекистон ОТЖ сардори Жасур Жалолиддинов тез орада легионерга айланади  28

Vodiy derbisida "Neftchi"ning qo'li baland keldi Yangiliklar

Vodiy derbisida "Neftchi"ning qo'li baland keldi

Oliy liganing 3-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Navbahor" uchrashuvi yakuniga etdi.
"Neftchi" (Farg'ona) - "Navbahor" (Namangan) 1:0
4 aprel 2015. Qo'qon. "Markaziy" stadioni.
Hakamlar
: R.Ermatov, M.Saidqosimov, A.Usmanov, A.Ergashev.
Nazoratchi:
V.Valickiy.
GOL: Otabek Haydarov, 84.
Ogohlantirishlar:
Alisher Samatov 54, Umid Qodirov 62, Sanat SHixov 82, SHukurali Po'latov 86. 
"Neftchi":
30. Evgeniy CHeremisin, 3. SHukurali Po'latov, 6. Baxtiyor Yoqubov (38. Abbos Maxsitaliev, 75), 7. Mansur Saidov (11. Otabek Xaydarov, 80), 8. Akmal Xolmatov, 18. Javohir Rasulov, 20. Dilyor Ermatov, 22. Ro'zim Ahmedov (9. SHerzod Hakimov, 58), 32. Jahongir Mehmonov, 33. Sardor Rahmonov, 44. Umid Qodirov.
Zaxira:
1. Sergey Smorodin, 21. Muxsin Ubaydullaev, 24. Kamron Kopadze, 28. Abdullo Olimov.

"Navbahor":
1. Aleksandr Melenchuk, 2. Alisher Samatov (25. Mo'ydin Mamazulunov, 87), 7. Sanat SHixov, 8. Azim Ahmedov, 11. Otabek Valijonov, 20. Ulug'bek Baqoev (10. Alisher Mahmudov, 68), 22. SHahboz Erkinov, 27. Robbim Hasanov, 29. Dilshod Jabborov, 50. Yuriy Rijko, 89. Bobur Akbarov (4. Timur Kagirov, 76).
Zaxira:
46. Xurshid Xo'jaev,  6. Sunnatilla Mamadaliev, 9. Ilhom Boydedaev, 91. Sergey Georgiev.


                              MATNLI TRANSLYACIYA
                                        
YANGILASH



90+5. UCHRASHUV YAKUNLANDI. SHu tariqa vodiy derbisida "Neftchi"ning qo'li baland keldi. 


90+5. OGOHLANTIRISH! SHahboz Erkinov mezbonlar posboniga xalal bergani uchun hakam tomonidan ogohlantirildi.  



90+5. Burchakdan to'p o'yinga kiritildi.CHeremesin to'pni ushlab oldi. 


90+5. "Lochinlar" uchrashuvdagi so'nggi burchak to'pini amalga oshirmoqda. Deyarli barcha futbolchilar "Neftchi" jarima maydoni ichida. Xatto darvozabon Melenchuk ham!


90+4. Jarima zarbasini amalga oshirmoqda. Jabborovning kuchli zarbasidan so'ng to'p farg'onaliklarga tegib maydonga chiqib ketdi. Burchak to'pi.

90+3. Xolmatov to'pni egallab olib  Haydarovga pas oshirdi. Otabek qarshisidagi raqibini aldab o'tib, to'pni darvoza yo'lladi. Ammo Melenchuk to'pni qaytarib yubordi. Bu vaziyatda Hakimov ochiq turgandi. 

90+1. "Navbahor" futbolchilari qanday bo'lmasin, mag'lubiyatdan qutilib qolishga xarakat qilmoqda.


90. Ikkinchi bo'lim to'xtalishlari uchun hakam 5 daqiqa vaqt qo'shib berdi.


89. ZARBAAAA! Dilshod Jabborovning 15 metrlardan yo'llagan kuchli zarbasidan so'ng to'p ustun yonginasidan o'tib ketdi.

 


87. Ashurmatov endi hujumni kuchaytirish maqsadida himoyachi Alisher Samatov o'rniga Mo'ydin Mamazulunovni tushirdi.


84. GOOOOOOOLLLLL! Otabek Haydarov!  Hozirgina zaxiradan maydonga tushgan futbolchi tahminan 20-25 metrlardan kutilmaganda darvoza tomon kuchli zarba yo'lladi. To'p darvoza ustuniga tegib, to'rdan joy oldi. Fantastik gol!




81. Xolmatov 35 metrlardan belgilangan jarima zarbasini amalga oshirdi. U to'pni to'g'ri darvozaga yo'lladi. Kuchsiz chiqqan zarbani Melenchuk ushlab olishda qiyinchilikka duch kelmadi.


81. Sanat SHixov raqibi Jahongir Mehmonovga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun hakam tomonidan ogohlantirildi. 


80. "Neftchi" tarkibida so'nggi o'zgarish yuz berdi. Mansur Saidov o'rniga Otabek Haydarov tushdi.


76. "Lochinlar" himoyachisi Bobur Akbarov jaroxat olib maydonni tark etdi. Zaxiradan Timur Kagirov tushdi.


75. Sanat SHixovning zarbaasiiiii. Xavfli! Ammo mezbonlar to'pni qaytarib yubordi.

74. "Neftchi" tarkibida ham o'yinchi almashtirildi. Yoqubov o'rniga Abbos Maxstaliev tushdi.  


73. Farg'onaliklarning hujumi tobora keskin ko'rinish olmoqda.


71. ZARBAAAAAAAA! "NEftchi" va Xolmatovdan bugun omad ochiqchasiga yuz o'girmoqda. Akmalning bosh bilan darvoza tomon yo'llagan zarbasidan so'ng to'p, ustunga tegib qaytdi.  



69. XAVFLIII HUJUM! Saidov jarima maydoni ichiga kirmasdan to'pni o'ng qanotdagi sherigi Xolmatovga uzatdi. Akmalning juda kuchli zarbasi Hakimovga tegib, maydon tashqarisiga chiqkib ketdi.


68. "Navbahor" tarkibida o'zgarish: Baqoev o'rniga Alisher Mahmudov tushdi.

65. Uchrashuvda ustunlik mezbonlar tomonida. "Navbahor" esa o'z omadini qarshi hujumdan izlamoqda. 


63. SHixov burchak to'pini amalga oshirdi. CHeremesin esa to'pga chiqishda xatoga yo'l qo'ydi. Ammo himoyachilar xavfni bartaraf etib yubordi. 



61. Ravshan ermatov endi "Neftchi" azosi Umid Qodirovga sariq kartochka ko'rsatdi. 


60. XAVFLI VAZIIYAYAYAYAT! Javohir Rasulovning o'ng qanotdan havolatib uzatib bergan to'pini Xolmatov bosh bilan darvozaga yo'lladi. Melenchuk o'z o'rnida to'pni ushlab oldi.


58. Uchrashuvdagi ilk o'zgarish. Ro'zimboy Ahmedovni maydonni tark etdi. Uning o'rniga Hakimov tushdi.


57. SHahboz Erkinov hisobni ochishiga bir bahya qoldi. Uning raqiblari qurshovida turib, darvoza tomon yo'llagan zarbasidan so'ng, to'p to'sin ustidan o'tib ketdi. 


56. "Neftchi" ustozi zaxiradagi SHerzod Hakimovni o'z oldiga chaqirdi.


54. OGOHLANTIRISH! Alisher Samatov.



50. Baxtiyor Yoqubov raqibi Alisher Samatovga nisbatan qo'pollik ishlatda deb topildi. Jarima zarbasi!


49. CHeremesin to'pni Rahmonovga qaytarishdan ko'ra, maydon tashqarisiga chiqarib yuborishni maqul topdi.

Birinchi bo'limdan bizga suratlarni  "Neftchi" matbuot kotibi Oybek Veysal o'g'li taqdim etdi



48. Xolmatov chamasi 25 metrlardan jarima zarbasini amalga oshirdi. To'pga birinchi bo'lib bosh bilan zarba bergan Sardor Rahmonov o'yindan tashqari xolatda deb topildi. 


47. Samatov to'pni maydon chetidan o'yinga kiritdi. SHixov o'ziga oshirilgan to'pni havolatib jarima maydoni ichiga uzatdi. Erkinov esa baland sakrab to'pni darvoza yo'lladi. To'p CHeremesinda. 


46. DIQQAT! Boshlandi!

Ikkinchi bo'lim start olish arafasida. Futbolchilar maydonga chiqib kelmoqda.


Birinchi bo'lim yakuniga etdi. Tanaffus!


45. Xavfli vaziiiyat! Erkinovning darvoza tomon yo'llagan kuchli zarbasidan so'ng to'p mezbonlar himoyachisiga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi.


45. Birinchi bo'lim to'xtalishlari Ravshan Ermatov 1 daqiqa vaqt qo'shib berganini zaxiradagi hakam malum qildi.



36. "Neftchi" futbolchilariga vaziyatlarni yakunlashga kelganida aniqlik etishmayapti. Aniqrog'i "lochinlar" ularga imkon bermaslikka urinmoqda.


33. Dilyorbek Irmatov maydon markazida Baqoevga nisbatan o'yin qoidasini buzdi. 



30. SHukurali Po'latov jaroxat oldi. SHifokorlar unga muolaja ko'rsatmoqda. Birozgina tanaffus!


28. Xolmatovning zarbalari hozircha o'xshamayapti.



26. ZARBAAA! Saidov kutilmaganda chamasi 25 metrlardan darvoza tomon zarba yo'lladi. Melenchuk esa kutilmaganda to'pni oyoq bilan qaytardi.


24. Xavfli vaziiiyayayattt! Xolmatov chap qanotdan jarimay maydoni ichiga kirdi va to'pni markazga uzatdi. Melenchuk ildamroq xarakat qildi.


22. SHixovga nisbatan ishlatilgan qo'pollikdan so'ng hakam jarima to'pi belgiladi. Sanat esa zudlik bilan Erkinovni oldinga chorladi. Ammo SHahboz to'pga birozgina kech qoldi. U buni kutmagandi.


21. Baqoevda gol urish uchun imkoniyat yuza kelgandi. Ammo CHeremesin chaqqonroq xarakat qilib, to'pni ushlab oldi.



20. Po'latov to'p uchun kurashda Erkinov bilan to'qnashib ketdi.


17. Xolmatov o'ng qanotdan to'pni jarima maydoni ichiga oshirib Saidovni pas bilan taminladi. Ammo Rijko unga xalal berdi. To'p Mansurdan maydon tashqarisiga chiqib ketdi.


14. Bugungi o'yinda qanot hakami sifatida ishlayotgan Mamur Saidqosimov bilan Alisher Usmonov kecha Farg'onada O'zbekiston - Yang Zelandiya uchrashuvida ham ishlagandi.


13. Xolmatovning burchakdan oshirib bergan to'piga chiqishda Melenchuk aniq xarakat qila olmadi. shunga qaramay avvaliga Rasulov keyin esa Qodirov bosh bilan darvozaga yo'llay olmadi. 


11. "Neftchi" futbolchilari ustunlikni o'z qo'liga olishga urinmoqda.



10. Yoqubovning o'ng qanotdan mehmonlar jarima maydoni ichiga oshirib bergan to'pi xavfli ko'rinish oldi. Ammo bu vaziyatda hakam o'yindan tashqari xolatni qayd etdi.



9. Darvoqe, bugun "Neftchi" sardori Akmal Xolmatovning tug'ilgan kuni! Tajribali futbolchi 39 yoshni qarshi olmoqda. 


8. Murod Ismoilov va Baxtiyor Ashurmatov maydon chetida turib, o'yinni diqqat bilan kuzatmoqda.



7. Akmal Xolmatovning jarima maydoni ichiga uzatgan to'pi kutilganidek ko'rinish olmadi.



6. Mehmonlar Mansur Saidovni jarima maydoni tashqarisida yiqitishdi. Jarima to'pi!


3. Stadionda muxlislar "Qu-qon" "Qu-qon" deya xayqirmoqda. HAQIQIY ANSHLAG!


2. Otabek Valijonovning jarima maydoni ichida darvoza tomon yo'llagan zarbasi xavfli tus oldi. Ammo noaniq.



"Neftchi"ning O'zbekiston U-23 terma jamoasiga nomzod bo'lgan ikki o'yinchisi Sardor Rahmonov bilan Javohir Rasulov bugun boshlang'ich tarkibda maydonga tushgani etiborga molik.



1. Akmal Xolmatov chap qanotdan to'pni jarima maydoni ichiga uzatdi. Rijko bosh bilan to'pni qaytrgan xolda, xavfni bartaraf etdi.


Ishqibozlarning stadionga tashrifi hamon davom etmoqda. Tribuna deyarli to'ldi.



1. Farg'onaliklar to'pni o'yinga kiritib bergan xolda, o'yinni boshlab berdi.


16:00! UCHRASHUV BOSHLANDI.


Bugun mezbon jamoa "Neftchi" yashil-ok libosda, mehmonlar "Navbahor" jamoasi esa oq libosda xarakat qiladi.



Jamoalar PFL madhiyasi sadolari ostida maydonga chiqib kelishmoqda.

DIQQAT! Uchrashuv boshlanmoqda!


- Uchrashuv soat 16:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика