Vlaxovich va "Fiorentina" yangi shartnoma imzolashga yaqinlar

Alisher
26 iyul 2021, 07:28
Serbiyalik hujumchi Dushan Vlaxovich tez orada klubi bilan shartnomasini uzaytiradi.

Vlaxovich klub bilan yana 3 yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishishga yaqin, uning maoshi bonuslarsiz 3 million evroni tashkil etadi.

"Fiorentina" shuningdek o'yinchining agenti bilan bitimda 70 million evrolik tovon puli bo'lishini muhokama qilmoqda.

Dushan o'tgan mavsum "Fiorentina" tarkibida A Seriya doirasidagi 37ta o'yinda maydonga tushib, 21ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport