So’nggi yangiliklar

10:15Драган Черан: “Андижонлик мухлислар нафақат Ўзбекистонда, балки жаҳон даражасидаги бренд”  1 09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  2 09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  2 08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  2 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  4 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  9 07:30Эрон ОАВ. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  11 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  25 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  4 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2

Vlaxovich uchun so'nggi imkoniyat... Yangiliklar

Vlaxovich uchun so'nggi imkoniyat...

Transferdagi yana bitta xato faoliyatga "nuqta" qo'yadi.


Vlaxovichga keragidan ortiq baho berib yuborilgan-mi?!

Serblarda Ivanovich singari jangchilar bilan kuchli klublarda o'zini to'liq ko'rsata olmaydigan iqtidorlar doim yonma-yon yuradi. Tadich "Sautgempton" safida to'p tepgan, lekin Mane singari chempion bo'lgan "Liverpul"ning bir qismi bo'la olmadi. Dushan "Ayaks" safida zo'r o'yinlar o'tkazdi, ammo yaqinda jamoa sardori gollandlar bilan xayrlashib, ancha kuchsiz chempionatga ko'chib o'tdi. Markovich "Liverpul" yulduzi bo'lmagani aniq. O'zi "qizillar" safida shunday futbolchi o'ynaganini eslaysizmi? Yovich "Real" etiboriga tushdi, ammo u Benzemaning o'rinbosari bo'la olmadi. Hatto "Fiorentina"da serbiyalik fenomenal futbol ko'rsatyapti deya olmaymiz. Peres transfer va maoshga sarflangan pulni umumiy olsak, 70 million evro yo'qotdi.

"Fiorentina"dagi boshqa bir serbiyalik hujumchi Vlaxovich azaliy raqiblar safiga ko'chib o'tdi. Anelli o'zi Florenciya aholisini jig'iga tegishni xush ko'radi – Dushandan tashqari Turinga katta pul evaziga Federiko Keza ham ko'chib o'tganiga unchalik ko'p bo'lmadi. Biroq markaziy hujumchida 2022 yil yozida boshqa yaxshiroq variantlar ham bor edi. Dushanni "Arsenal" o'z safiga chorlagan va kim biladi deysiz, balki Artetaning chempionligiga aynan zo'r markaziy hujumchi etishmagandir. SHuningdek, qaxramonimiz Ispaniya yoki PSJ safiga yo'l olishi mumkin edi. Dushanni hozir Parijda endi Luis Enrike ham kutmoqda.

Vlaxovich endigina 23 yoshda va u juda iqtidorli atlet. Biroq asosiy masala bunda ham emas. "Yuventus"da 63 o'yinda 23 ta gol urib, 6 ta golli uzatma etkazib bergan futbolchi 90 million evrodan ko'proq mablag'ni oqlamadi. Allegri na chempionatda, na Evropa Ligasida g'olib bo'lmadi. Vlaxovichning o'yinidan norozilik mavjud, A Seriyada u bor yo'g'i 22 ta uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi. Klub esa natijada "Marsel"dan Milikni to'liq sotib olyapti. Bir muncha kamroq o'yin vaqtiga ega polyak samaradorlik borasida hamkasbiga yaqin ko'rsatkichga ega.


Noyob narsaga talab doim kuchli bo'ladi

Saxroda suvingizga xaridor topishingiz juda oson. "Barselona" va "Real" braziliyalik o'smirlarni saralaguncha, hujumchilarni sotish ham ancha oson ish. Vitor Roke Kataloniyaga kelishiga ham, Endrik Madridga yo'l olishi kabi bir yil vaqt bor. Ularning har ikkisining bo'yini inobatga olsak, yangi Ronaldo emasligi aniq. Biroq "Bavariya" bir yil markaziy hujumchisiz o'ynab, endi Keyn uchun ochiqchasiga tavakkal qilishga tayyor – soddaroq qilib aytsak, asl narxidan ancha ko'p berishga tayyor bo'lib turgan vaziyatda, Vlaxovichning agenti Dushan transferidan ishlagan puliga Ispaniyadan yangi uy olib qo'yishni rejalashtirgan bo'lsa ajab emas. 

PSJ, "CHelsi", MYU va hatto "Real" ham Vlaxovichga qiziqish bildirgani xabar qilingandi. Peres qaysarligi tufayli, o'xshash harakatlarni qayta-qayta amalga oshirib ko'raveradi. "Atletiko" "Yuventus"ga Moratani Vlaxovichga almashishni taklif qildi. "Bavariya" ham Dushanni o'z ro'yxatida ushlab turibdi.


Murabbiy futbolchi faoliyatini qutqarishi mumkin

Vlaxovichning "Yuventus"da murabbiylar bilan omadi chopmadi. Uni xuddi Gvardiola Xoland bilan bo'lganidek, "gol mashinasiga" aylantira olishmadi. Ammo shu o'rinda tanganing boshqa tomonini, top klublarda o'ynab keta olmagan kuchli hujumchilar uchrab turishini ham, unutmaslik zarur. Lukaku "Yuventus"da Vlaxovich o'rnini egallashi mumkin. "Inter"da Konte bilan Romelu o'zini erkin his qilardi, Indzagi bilan esa vaziyat bir muncha qiyinlashdi. "CHelsi"da esa belgiyalik turli yillarda ikki xil murabbiy bilan ham ishlari yurishmadi. Lekin hujumchilarda ustunlik bor – "talab bor bo'lgan tovar". Forvardlar o'sha o'zining klubini topish yo'lida bir necha bor jamoa alishtirishlari mumkin.

Luis Enrike Vlaxovich uchun ana o'sha kutilgan murabbiymi? "Yuventus"dagi omadsiz mavsumdan keyin serb faoliyatida o'zgarish qilib, uni "qayta jonlantirishi" zarur. Biroq haqiqiy Dushan qaysi biri edi? Muxlislar "Fiorentina"dagisi desa, tanqidchilar "Yuventus"da uning "asl basharasi" ko'ringanini takidlashmoqda. Forvard jamoaga juda bog'lanib qolgan, Florenciyada balki u boshdan baland sakragandir. Nima bo'lganda ham Vlaxovich CHempionlar Ligasi favoriti safida markaziy hujumchi rolini bajarishni o'rganishi zarur. Enrike terma jamoada Moratani sabr bilan tarbiyaladi, Dushanga ham uning eshiklari ochiq. Lekin bu vaziyatda tartib-intizom muhim, aynan shu jihatda Vlaxovich muammolarga duch kelishi mumkin.

Pippo Inzagi va yosh Krishtianu Ronaldu Manchesterdaligida, futbolning boshqa davrini o'tkazishgan. U paytlar futbolchining jismoniy holatiga bo'lgan talablar ancha past edi. SHuning uchun Veri kechki ovqatda piccadan keyin vino ichib, tunni bedor o'tkazib, mashg'ulotga bir ahvolda kelib, ertasiga A Seriyaning jiddiy o'yinida ikkita gol urishi mumkin edi. O'yindan keyin esa yana diskoteka, modellar. Boboning ortiqcha vazni borligini hamma ko'rib, bilib turardi, ammo bu uning o'yiniga tasir qilmasdi. Hozirgi davrda esa Vlaxovich agar xayolida boshqa sarguzashtlar bo'lsa, o'z salohiyatidan to'liq foydalana olmaydi.

Serb uchun PSJ hozirda eng oddiy va eng yaxshi variant bo'lsada, parijliklarga markaziy hujumchi juda zarur, Dushan "Fiorentina"dagi gollarini unutib, barchasini yangidan boshlashi muhim. Uzatmalar, ikkinchi qavatda o'ynash, yakkakurashlar ustida ko'proq ishlashi kerak. Jarima maydonchasi tashqarisida ham to'pni nazorat qila olishi kerak. SHu o'rinda pressing haqida ham unutmaslik zarur. Lukaku va Moratadan farqli o'laroq Vlaxovich hali ruhan sindirishi mumkin bo'lgan xatolarga yo'l qo'ymagan. Lekin forvardga yangi chaqiruv zarurligi turgan gap.

Talabchan Enrike bo'ydor, chap oyoqda zarba beradigan yosh hujumchini jahon darajasidagi forvardga aylantira olsa, hamma xursand bo'lsa kerak. Faqat yangi klubda Vlaxovich "Yuventus"dagidek o'yin ko'rsatib, savollarga o'rin qoldirsa, uni eng yaxshi variantda Yovichning taqdiri kutmoqda. CHunki axir "Fiorentina"da Dushanni sotqin deb bilishadi va qaytib qabul qilishmaydi.


Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика