So’nggi yangiliklar

14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  1 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  1 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  0 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  7 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  3 10:40Лени Йоро «Арсенал»га қарши учрашувда жароҳат олди  4 10:12«Ювентус» юлдузи Лондонга кўчиб ўтишга яқин  1 09:46Неймар идеал футболчи қандай бўлиши кераклиги ҳақида фикр билдирди  3 09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  10 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  51

Vladislav Nikolaevich Xan 60 yoshda! Yangiliklar

Vladislav Nikolaevich Xan 60 yoshda!

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy, “Sevinch” jamoasining bosh murabbiyi , jamoa yutuqlariga ulkan mehnati singan, jonkuyar ustoz - Vladislav Nikolaevich Xan bugun 60 yoshga to'ldi.


Qisqacha malumotnoma
Ismi sharifi
: Xan Vladislav Nikolaevich
Tug'ilgan sanasi: 24 noyabr 1956 yil
Tug'ilgan joyi: Qozog'iston Respublikasi, Taldiqurg'on shahri
Yashash joyi: Qarshi shahri
Malumoti: Oliy
Mehnat faoliyati: 2003 yildan buyon “Sevinch” jamoasida bosh murabbiy.

Vladislav Nikolaevichning yoshligidan futbolga bo'lgan mehri va  qiziqishi  asli kasbi boshqacha bo'lsada uni futbol bilan chambarchas bog'lab qo'ydi. U sobiq ittifoq davrida quyi ligadagi jamoalarda va shuningdek  “Yangier” va “Qarshistroy” jamoalarida ham to'p tepdi.  U yoshi ulg'ayganda ham o'z hayotini futbolsiz tasavvur qila olmadi. Keyingi faoliyatini  yo'riqchi va murabbiylik bilan davom ettirdi. U turli sport majmualarida yo'riqchi, “Mashal” va “Nasaf” jamoalarida katta murabbiy keyinroq esa Qarshi shahrida “Sevinch” professional futbol klubi tashkil etilgach bosh murabbiy bo'ldi.  2003 yildan “Sevinch” klubida faoliyatini boshlagan Xan V.N. hozirgi paytgacha jamoaga ustozlik qilib kelmoqda.

SHuni alohida takidlash joizki, mamlakatimiz ayollar futbolida faoliyat yuritayotgan hech bir murabbiy Vladislav Nikolaevichdek katta yutuqlarga erisha olmagan. Uning boshchiligidagi  “Sevinch” jamoasi xalqaro musobaqalarda ham O'zbekiston ayollar futboli yuqori darajada rivojlanayotganini isbotlab bergan.

“Sevinch” jamoasi  u murabbiylik davrida o'n ikki marta O'zbekiston chempioni, to'qqiz marta O'zbekiston Kubogi sohibi, mini futbol bo'yicha o'n ikki marta mamlakat chempioni, o'n marta O'zbekiston Kubogi sohibi. Plyaj (sohil) futboli bo'yicha  etti marta O'zbekiston chempioni va shuncha marta O'zbekiston kubogi sohibi.

2005 yilda Xan V.N. boshchiligidagi O'zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo o'yinlarida futbol bo'yicha chempionlikni qo'lga kiritishgan, 2007 yilda esa bronza sovrini sohibi bo'lgan.

2009 yilda “Sevinch” jamoasi  mini futbol bo'yicha Evropa Kubogini qo'lga kiritgan. Bundan tashqari ko'plab xalqaro musobaqalarda sovrinlarga egalik qilgan.

Albatta bu yutuqlarni qo'lga kiritilishida Vladislav Nikolaevichning ham ulkan mehnatlari bor. Uning shogirdlari bugungi kunda mamlakatimiz  jamoalarida futbolchilik va murabbiylik qilishmoqda. Ularning soni juda ko'pchilikni tashkil etadi. Vladislav Nikolaevichni bugungi kunda nafaqat O'zbekistonda, balki xorijda ham tajribali murabbiy sifatida etirof etishadi.

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy, “Sevinch” jamoamizning bosh murabbiyi Vladislav Nikolaevich Xan bugun 60 yoshni qarshi oldi.

“Sevinch” PFK rahbariyati, murabbiylari, futbolchilari va barcha xodimlari, qolaversa millionlab  futbol ishqibozlari  nomidan Vladislav Nikolaevichning bugungi tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz!

U kishiga avvalo mustahkam sihat-salomatlik, uzoq umr va baxt saodat, murabbiylik faoliyatida yanada ulkan zafarlar tilaymiz. Umid qilamizki, Vladislav Nikolaevich hali ko'p yillar jamoamizda faoliyat yuritadi va jamoamizni katta  yutuqlar sari etaklaveradi!  Doimo sog' va omon bo'ling qadrli Vladislav Nikolaevich!

S dnyom rojdeniya Nikonich!

“Sevinch” PFK jamoasi


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика