Vladislav Xan 61 yoshga to'ldi

Narzulla Saydullayev
24 noya 2017
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy, “Sevinch” jamoasining bosh murabbiyi, jamoa yutuqlariga ulkan mehnati singan, jonkuyar ustoz – Vladislav Nikolaevich Xan bugun 61 yoshga to'ldi.

2003 yildan “Sevinch” klubida faoliyatini boshlagan Xan V.N. hozirgi paytgacha jamoaga ustozlik qilib kelmoqda.

Shuni alohida takidlash joizki, mamlakatimiz ayollar futbolida faoliyat yuritayotgan hech bir murabbiy Vladislav Nikolaevichdek katta yutuqlarga erisha olmagan. “Sevinch” jamoasi  uning murabbiylik davrida o'n ikki marta O'zbekiston chempioni, to'qqiz marta O'zbekiston Kubogi sohibi, mini futbol bo'yicha o'n uch marta mamlakat chempioni, o'n bir marta O'zbekiston Kubogi sohibi. Plyaj (sohil) futboli bo'yicha  etti marta O'zbekiston chempioni va shuncha marta O'zbekiston kubogi sohibi.

Vladislav Nikolaevichni bugungi kunda nafaqat O'zbekistonda, balki xorijda ham tajribali murabbiy sifatida etirof etishadi.

“Sevinch” PFK rahbariyati, murabbiylari, futbolchilari va barcha xodimlari, qolaversa millionlab  futbol ishqibozlari  nomidan Vladislav Nikolaevichning bugungi tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz!

U kishiga mustahkam sihat-salomatlik, uzoq umr va baxt saodat tilaymiz.

Doimo sog' va omon bo'ling qadrli Vladislav Nikolaevich!

S dnyom rojdeniya Nikonich!

Sevinch PFK jamoasi


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcsevinch.uz