So’nggi yangiliklar

12:59Трубин ЕЧЛ тарихида фақат 4 нафар дарвозабонга насиб этган ютуқни қайд этди  1 12:38Бугунги ўйинлар: ЕЛда охирги тур ва бошқалар  0 12:17Абдуқодир Ҳусанов "Галатасарой" билан ўйин учун неча баҳо олди?  4 11:54Росеньор Коул Палмер ҳақида гапирди  0 11:28"Манчестер Юнайтед" иқтидорли хавбекка кўз тикди  4 10:56Умарали Раҳмоналиев: "Сабаҳ"да бошқа жамоаларнинг қандай ўйнаётганига эътибор беришмайди"  0 10:35Интервью. Мурод Бобожонов: “Ўзбек футболчилари учун Ироқда эшиклар очилди"  1 10:15Манба: Ўзбекистон Суперкубогига "Бобур Арена" мезбонлик қилади  4 09:55Хайрулла Каримов: "Суперлигани уйда бошлаш бироз енгиллик бериши мумкин"  2 09:35Арбелоа: "Натижа учун жавобгарликни ўз зиммамга оламан"  20 09:16"Арсенал" Чемпионлар лигасида тарихий рекорд ўрнатди  4 08:55Моуринью Трубиннинг голи ҳақида: "Ғалаба учун хавфли қарор қабул қилдик"  9 08:40"Хоразм" спорт дирекори Хурсандбек Маткаримов: "1-2 турларда барча рақибларнинг даражаси бир хил бўлади"  2 08:15Ислом Исмоилов: "Зич тақвим бизга баҳона бўлолмайди. "Нефтчи" ўз мақсадидан чекинмайди"  11 07:53Умар Эшмуродов: "Бу йилги мавсум ҳам қизиқарли ўтишини кутмоқдаман"  0

Vladislav Kasminin: "Turon"ga bitta g'alaba juda zarur edi" Yangiliklar

Vladislav Kasminin: "Turon"ga bitta g'alaba juda zarur edi"

Igor SHkvirin murabbiyligidagi "Turon" Superliganing 12-turida o'z maydonida "Metallurg"ni mag'lub etdi va mavsumdagi ilk g'alabasini nishonladi.

Mazkur uchrashuvdan so'ng jamoaning tajribali himoyachilaridan biri Vladislav Kasmininga bir nechta savollar bilan yuzlandik.

- Jamoaning mavsumdagi ilk uch ochkosi bilan tabriklaymiz. Dastlab o'yin haqidagi fikrlangiz bilan  o'rtoqlashsangiz? 

- Avvalo muxlislarimizga ajoyib muhit yaratishgani uchun rahmat aytaman. Turnir jadvalidagi poziciyamizga qaramasdan ular doim biz bilan birga. Jamoani doim olg'a boshlashadi. SHuningdek jonkuyar rahbarlarimizga minnatdorchilik bildirib qolaman. Bevosita o'yinga to'xtaladigan bo'lsak, ajoyib uchrashuv o'tkazdik. Uyushqoqlik va tartib-intizomga amal qilgan holda o'z maqsadimizga etdik, deb o'ylayman. Birinchi bo'lim qiyinroq o'tdi. Oddiy vaziyatlarda xatolarga yo'l qo'ydik. Raqib gol urib ketishi ham mumkin edi. Penaltini aniq amalga oshirish evaziga hisobda oldinga chiqib oldik. Ikkinchi bo'lim esa "Metallurg"ning ustunligida o'tdi. Biz esa qarshi hujumlarda keskinlikni oshirishga intildik. 

- Igor SHkvirin jamoani qabul qilib olganiga ko'p bo'lmadi. Lekin ko'rdikki uning  qo'l ostidagi ikkinchi o'yindayoq natija o'xshadi. Murabbiy qisqa vaqt ichida jamoada nimani o'zgartirdi?

- Jamoada shu paytgacha ishlagan Islom Ismoilov, Baguslav Baniak o'zlarining hissalarini qo'shdilar. Igor Anatolevich bizni ko'proq xotirjamlikka chaqirdi. Boisi uning o'zi vaqtida futbolchi bo'lgani uchun futbolchilarning ruhiyatini juda yaxshi tushunadi. Bu omil o'yinchilar uchun juda muhim hisoblanadi. Qolaversa mashg'ulot jarayonida o'zgarishlar yuz berdi. Tinimsiz qilingan mashqlar o'z samarasini bermay qolmadi. 

- SHu vaqtga qadar "Turon"ga etishmayotgan narsa bitta g'alaba edi. Boisi o'yin borasida raqiblaridan qolishayotgani yo'q edi...

- Bilasizmi shu vaqtgacha biz juda yaxshi o'yin ko'rsatayotgan edik. Faqat ayrim bahslarda omadimiz kelmayotgandi. Men hakamlarning xatolari va boshqa narsalar haqida gapirmoqchi emasman. Ular ham inson va xato qilishdan kafolatlanmagan. Futbolchilar maydonga chiqishi va natija qayd etishi kerak. O'tgan o'yinlarda yuta olmayotganimiz sabab biz qandaydir "o'ra"ga tushib qolgandik. Qaysidir manoda o'ziga hos tajriba ham oldik, deya olaman. Umid qilamanki, endilikda hammasi boshqacha bo'ladi. Birinchi uzoq kutilgan g'alaba bilan muxlislarimizni va klubdagi barchani tabriklayman. Bu g'alaba bizga juda zarur edi. 

- Bo'ydor va jismoniy jihatdan baquvvat ekanligingizni hisobga olsak, Igor SHkvirinning uslubiga mos kelishingizni ko'rishimiz mumkin. O'z vaqtida ushbu mutaxassis AGMKdagi faoliyatida sizning tipingizdagi legionerlar xizmatidan foydalangan...

- To'g'risini aytganda men o'sha vaqtda O'zbekistonda bo'lmaganman. Agar shunday bo'lsa, men uchun yaxshi (kuladi).

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика