So’nggi yangiliklar

01:29Озарбайжон. "Сумқайит" мавсумни йирик ғалаба билан якунлади, Абдихолиқовдан ассист  0 01:16"Бавария" "Брайтон" ва "Милан" юлдузларига кўз тиккан  0 00:43"Sky Sports" АПЛда мавсумнинг энг яхшиларини аниқлади  4 00:25А Серияда чемпионлик масаласи ҳал бўлмоқда: "Интер" ёки "Наполи"  13 00:21Миржалол Қосимов: "Ютсак ҳаммамиз зўрмиз, ютқазсак барчамиз айбдормиз"  1 23:52Максим Шацких: "Суперкубок финалига яхши кайфиятда борадиган бўлдик. Танаффусда ўйинни ўзгартириб юборишга келишиб олдик, акс ҳолда "Ультрас" бизни кечирмас эди"  4 23:32Рўзиқул Бердиев: "Шуҳрат Муҳаммадиев 36 ёшида ёш футболчилардан ҳам тез югуради"  0 22:39Февзи Давлетов: "Дуранг бўлиши мумкин эди, аммо мағлубият эмас"  3 22:26Суперлига. "Андижон" - "Сурхон" 2:1. Мезбонлардан супер голлар!  2 22:15Месси ва "Интер Майами" музокараларни давом эттирмоқда  1 21:59Суперлига. "Насаф" тур марказий баҳсида ОКМКни ютиб, жадвалдаги етакчиликни тортиб олди  74 21:23Аморим жамоага тезкор футболчиларни олиб келмоқчи  1 20:54Суперлига. "Андижон" "Бобур Арена"да "Сурхон"ни енгиб ғалабасиз сериясига барҳам берди  52 20:19"Реал" Модричга ўринбосар топди  3 19:55Диалло МЮ мухлисларига ваъда берди  3

Vladislav Ceytlin O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga seminar o'tkazadi Yangiliklar

Vladislav Ceytlin O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga seminar o'tkazadi

Avvalroq xabar berilganidek, iyun oyidan boshlab futbol o'yini qoidalariga bir qator o'zgarishlar kiritildi.

Ayni damda FIFA tasarrufiga kiruvchi turnirlarda yangi joriy etilgan qoidalar amalda qo'llanildi.

Malumot uchun, shu yilning oktyabr oyida Bahraynda bo'lib o'tadigan U-19 yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati bahslari ham yangi joriy qilingan qoidalar asosida o'tkaziladi va bu borada unda ishtirok etuvchi barcha terma jamoalarga malum qilingan.

Bu borada O'FF terma jamoalar markazi barcha yoshdagi terma jamoalarga ayni damda amaliy hamda nazariy qo'llanmalarni taqdim etishni va turli seminarlar tashkil etishni rejalashtirgan. Aynan shunday seminarlardan biri O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi ishtirokida 4 avgust kuni Toshkentdagi CHig'atoy o'quv bazasida bo'lib o'tadi. Mazkur seminarni O'FF Terma jamoalar markazi taklifiga ko'ra FIFA referisi Vladislav Ceytlin olib boradi.

O'zbekistonning etakchi hakamlaridan biri, FIFA referisi Vladislav Ceytlin seminar davomida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi azolariga yangi o'yin qoidalari bo'yicha tushuntiruv ishlarini olib boradi. SHuningdek, seminar davomida futbolchilar va murabbiylar shtabi yangi qoidalar borasida amaliy hamda nazariy bilimlarga ega bo'lishadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика