Vladimir SHishelov "Qizilqum" bilan shartnoma tuzdi
29 jan 2014 15:26
Yangiliklar


Vladimir SHishelov "Qizilqum" bilan shartnoma tuzdi
O'tgan mavsumni Rossiyaning "Metallurg-Kuzbass" klubi sharafini himoya qilgan Vladimir SHishelov "Qizilqum" bilan shartnoma tuzdi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi sobiq hujumchisi, futbolchilik faoliyati davomida naqd 18 (!)ta klub sharafini himoya qilishga muvaffaq bo'lgan Vladimir SHishelov yana jonajon klubi "Qizilqum"ga qaytdi. Bir oydan oshiqroq vaqt mobaynida mashg'ulotlarda ishtirok etgan tajribali hujumchi "oltin izlovchilar" bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

Fikrlar