So’nggi yangiliklar

22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  4 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  3 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  7 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  5

Vladimir Safarov vafot etdi Yangiliklar

Vladimir Safarov vafot etdi

Teglar :  Vladimir Safarov
Bugun o'zbek futboli tarixchilaridan biri Vladimir Safarov 82 yoshida bu dunyoni tark etdi.

Vladimir Ashotovich Safarov - O'zbekiston futboli tarixchisi va "Paxtakor"ga oid barcha muhim voqealarini qayd etib boruvchi inson edi.

U jazmen, jurnalist, yozuvchi va o'zbek futboli tarixchisi sifatida mashhur inson sanalar edi. U tashkil etgan "Arcax" jaz guruhi O'zbekistondagi arman madaniy markazi nomidan xalqaro festivallarda qatnashardi. Turli mamlakatlardagi OAVda uch mingdan ortiq maqolalari chop etilgan, O'zbekiston futboli tarixi va statistikasiga oid o'ttizga yaqin kitoblar muallifi hisoblanadi. SHuningdek, bir qator mashhur futbolchilar va futbol klublari haqida kitoblar yozgan.

Vladimir Ashotovich o'zi to'plagan statistik malumotlarni "Rossiya futbolining yuz yilligi" va "Futbol sayyorasi" kitoblari yaratilish uchun taqdim etib kelgan. Estoniyada chop etilgan "Mustaqil davlatlar futboli", Ukraina-Rossiyada omma etiboriga havola qilingan "Statistika to'plami" kitoblari uchun O'zbekiston futboli statistikalarini yig'ib bergan. 2000 yil O'FF tomonidan yilning eng yaxshi jurnalisti sifatida tan olingan. "O'zbek futboli enciklopediyasi" ham aynan Safarov tomonidan yaratilganini takidlab o'tamiz.



Vladimir Ashotovichning kitoblari orasida eng mashhurlari quyidagilardir:

«Paxtakor. Unutib bo'lmas uchrashuvlar...» (1990), «Paxtakor. 40 yilga cho'zilgan o'yin» (1995), «Aka-uka An futboli» (2002), «Xotira qanotlari. "Paxtakor-79" aviahalokati hujjatli xronikasi» (2004), «O'zbek futboli afsonasi: Birodar Abduraimov» (2009), «Hamid Rahmatullaev – o'zbek Pelesi» (2011), «Bahodir Ibrohimov: Futbolga baxshida umr» (2013), «Igor SHkvirin. Hujumchi odisseyasi» (2014), «Rahim Mo'minov. Futbolga baxshida umr» (2015).

Championat.asia sayti Vladimir Safarovning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi. Sizni unutmaymiz Vladimir Ashotovich!

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика