Vladimir Kozak Toshkentda qoldi
13 noy 2013 08:23
Yangiliklar

Vladimir Kozak Toshkentda qoldi
O'zbekiston Milliy terma jamoasining yosh himoyachisi Vladimir Kozak kecha bo'lib o'tgan mashg'ulotlarda jarohat oldi va endi keyingi ikki uchrashuvni o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi.
SHu bilan birga Kozak ayni vaqtda Toshkentda qolgan va MTJ tarkibida emas. Bu haqida O'zbekiston Milliy terma jamoasi rasmiy tvitteri xabar berib o'tgan.
Ayni vaqtda terma jamoamiz 7 soatlik parvozdan so'ng Janubiy Koreyaning Inchxon Xalqaro aeroportida etib keldi va yana 3 soatdan so'ng Vetnamga qarab parvozni davom ettiradi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi 15 noyabr kuni Xanoida Vetnamga qarshi, 19 noyabr kuni esa safarda Gonkongga qarshi OK-2015 saralashi uchrashuvlarida maydonga tushadi. Qosimov shogirdlari ayni damda saralashning E guruhida 4 ochko bilan 2 o'rinda borayotgan bo'lsa, uch o'yinda uchta g'alabaga erishgan BAA terma jamoasi guruhda peshqadamlik qilmoqda

Fikrlar