So’nggi yangiliklar

12:50Бахтиёр Қосимов: "Ўз майдонимизда "Динамо" илк мағлубиятини қабул қилиб олади"  2 12:28Компани: "Месси қандай қилиб ҳали ҳам шундай ўйнаяпти, билмайман"  1 12:00Абдурауф Бўриев: "Ҳисоб 6:0 бўлсин ёки 1:0 – ғалаба учун 3 очко берилади. Ҳозирда хориж клублари билан музокаралар кетмоқда"  0 11:45"Олтин тўп" учун курашда янги етакчи — Витинья биринчи ўринга чиқиб олди  6 11:18"Эчеверри тинмай машқ қилди, меҳнат ўз натижасини кўрсатди" — Гвардиола  0 10:40Криштиану Роналду яқин кунларда янги шартнома имзолайди  1 10:07Яна икки нафар футболчимиз Қозоғистон клубини тарк этди  3 09:38“Рома“ уч нафар футболчини 30 июнга қадар сотиши шарт  7 09:11ЦСКАнинг янги бош мураббийи мамлакатида қамалиши мумкин  0 08:43"Пахтакор" Тошкентда "Қўқон-1912"ни мағлуб этган баҳсдан ГАЛEРEЯ  0 08:25КЖЧ. "Манчестер Сити" - "Ал Айн" 6:0, Гюндогандан дубль  2 08:15Sofascore. Ҳусанов бугунги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  10 07:50Ўзбек футболчи учун тарихий кунда "Манчестер Сити" "Ал Айн"ни жуда йирик ҳисобда мағлуб этди  24 07:40Суперлига. "Пахтакор" "Қўқон-1912" устидан ишончли ҳисобда ғалаба қозонди, "Шўртан"да эса камбек  0 07:20Суперлига. Бугун 13-тур якунланади  7

Vladimir Kilikevich: "Dinamo" ustidan FIFAga arz qilganim yo'q" Yangiliklar

Vladimir Kilikevich: "Dinamo" ustidan FIFAga arz qilganim yo'q"

Birinchi davrada Dinamo safiga kelib qo'shilgan ukrainalik yarimhimoyachi Vladimir Kilikevich jamoani tark etdi.
Klub futbolchi bilan o'zaro kelishgan holda legionerga javob berib yubordi. Futbolchi jamoani tark etar chog'ida, klub rasmiy sayti uchun intervyu berdi.

- Vladimir, jamoani tark etayotgan ekansiz. Bu borada nima deya olasiz?

- Ha, klub bilan o'zaro kelishgan holda Dinamoni tark etayapman. Balki, jamoa o'yinimdan qoniqmagandir.

- Jamoa, xususan Samarqanddan qanday taasurotlar qoldi?

- Samarqanddan yaxshi taasurotlar oldim. Bu shahar haqida Ukrainada bo'lganimda ham ko'p eshitgandim. SHahar tarixiy obidalarga boy, chiroyli ekanligi bilan bir umr yodimda qoladi. Dinamo muxlislaridan ham minnatdorman. Afsus, birinchi davrada kutilgan o'yinlarni muxlislarga ko'rsata olmadik. Aslida yuqoriroq o'rinlarni band etishimiz kerak edi. Bu borada ikkinchi davrada Dinamoga omad tilayman.

- Dinamo ustidan FIFAga arz qilganingiz haqida malumotlar yangragandi. Bu qanchalik haqiqatga yaqin?

- FIFAga? Yo'q, bu haqda hech narsa bilmayman, men bunday ish qilganim yo'q. Bunga sabab ham ko'rmayapman. SHunchaki, klub bilan kelishgan holda shartnomani to'xtatdik.

- Boshqa jamoalardan taklif bormi?

- Davralar oralig'ida Buxoro mashg'ulotlarida ishtirok etgandim. Ushbu jamoadan taklif bor. Ikkinchi davrani aynan ushbu klubda boshlasam kerak.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика