So’nggi yangiliklar

11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  4 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  0 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  1 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  2 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  4 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  5 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  6 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  6 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  15 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  12

Vladimir Andreev: "Surxon" oldiga chempionatni 3-o'rinda yakunlash vazifasi qo'yilgan" Yangiliklar

Vladimir Andreev: "Surxon" oldiga chempionatni 3-o'rinda yakunlash vazifasi qo'yilgan"

Coca Cola O'zbekiston Kubogining 1/4 finalidan o'rin olgan bahsda "Paxtakor" "Surxon"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi.

O'yindan keyingi matbuot anjumanida termizliklar bosh murabbiyi Vladimir Andreevning fikrlari quyidagicha bo'ldi. 

- O'yin biz uchun qiyin kechdi. "Paxtakor" nom jihatdan ancha ustun. Qolaversa klub oldida uchta frontda ham g'alaba qozonish vazifasi turibdi. Biz bugun mehmonda o'ynaganimiz bois qarshi hujum taktikasini qo'lladik. O'z imkoniyatimiz kelishini sabr qilib kutdik. Birinchi taym boshlarida qo'lay vaziyatga ega bo'lgandik, ammo to'p kirita olmadik. Futbolda shunday: sen urmadingmi, senga urishadi. Yakunda esa 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdik. 

- "Paxtakor"ni eng kuchli klub deya olasizmi?

- Ha, hozirgi paytda "Paxtakor" O'zbekistonning eng kuchli jamoasi. 


- Jamoangiz haqida murabbiylar shtabidan tashqari yana kim bilandir maslahatlashib turasizmi?

- Yo'q, faqat murabbiylar shtabidagilar bilan gaplashaman. CHetdan hech kimdan maslahat olmayman. 


- Jamoangizda ikkita braziliyalik bor. Biri o'ynayapti, ikkinchisi zaxirada o'tiribdi.

- To'g'ri, legioner o'ynashi kerak, lekin futbolda har hil xolat bo'lib turadi. Bu futbolchilar hali to'liq tayyor emas, vaqti kelib o'zlarini ko'rsatishadi. 


- Rahbariyat sizning oldingizda qanday vazifa qo'ygan?

- Aniq gapiradigan bo'lsam, Superligada 3-o'rinni qo'lga kiritish qo'yilgan.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика