Vladimir Andreev: "Superligada qolish o'z qo'limizda"
30 noy 2020 10:08
Yangiliklar
Vladimir Andreev: "Superligada qolish o'z qo'limizda"
- O'yin jangovar tarzda kechdi. Har ikkala jamoaning o'z maqsad va vazifalari bor edi. Biz Superligadagi mavqeimizni saqlab qolish uchun kurashayapmiz. “Metallurg” esa musobaqa jadvalida yuqoriroqqa ko'tarilish harakatida. Muxlislar murosasiz o'yinning guvohi bo'lishdi. Ko'plab vaziyatlar yuzaga keltirildi. Biz imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. “Metallurg” esa bitta vaziyatni golga aylantirdi. Bekobodliklarni g'alaba bilan tabriklayman. Oldinda yana bitta tur bor. Bugun Superligada jon saqlab qolish uchun kurashayotgan jamoalarning barchasi mag'lubiyatga uchradi. Barchasi o'zimizning qo'limizda. So'nggi turda uyda raqibni taslim etsak, jamoani kuchlilar safida olib qolamiz.
- Dilshod Jabborov nega maydonga tushirilmayapti?
- Buning obektiv va subektiv sabablari bor. Pandemiyaga chalingan barcha o'yinchilarga oson bo'lmadi. Buning ustiga Dilshod yoshi katta o'yinchilarimizdan. U ham kasallikka chalindi. Keyin jarohatlar unga halaqit berdi. Vaziyatlar taqozosi bois uning xizmatlaridan foydalana olmadik, - deydi Vladimir Andreev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar