Vladimir Andreev: “Biz vaziyatlardan foydalana olmadik, raqib esa foydalandi”
21 sen 2020 20:40
Yangiliklar


Vladimir Andreev: “Biz vaziyatlardan foydalana olmadik, raqib esa foydalandi”
Superliganing 16-turid doirasida o'tkazilgan “Nasaf” va “Surxon”(5:0) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng mehmonlar murabbiyi Vladimir Andreev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“O'yin biz uchun qiyin o'tdi. Fakt, biz yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmadik, raqib foydalandi. Ravshan Haydarovni “Qizilqum” bilan o'yindan so'ng qon bosimi oshdi, hozirda Toshkentda davolanmoqda, tahlillar topshirgan. Tezroq safimizga qaytishiga umid qilib qolamiz. Oddiy xatolarga yo'l qo'ydik va gol o'tkazib yubordik. Hisob 0:2 bo'lib turgan paytda gol urganimizda o'yin boshqacha kechishi mumkin edi. Futbolchilar harakat qilishdi, kurashishdi. Vaziyatni o'nglash uchun imkoniyatimiz bor, hammasi oldinda”,- deydi Vladimir Andreev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar