So’nggi yangiliklar

22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  1 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  0 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  1 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  7 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  5 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  3

Vitaliy Levchenko: "Neftchi" tarixida o'zbek futboli afsonalaridan biri Yuriy Vazgenovich Sarkisyanning alohida o'rni bor" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "Neftchi" tarixida o'zbek futboli afsonalaridan biri Yuriy Vazgenovich Sarkisyanning alohida o'rni bor"

Malumki, "Neftchi"ni og'ir ahvoldan chiqarib, ilgarigi shahdam qadamlarini tiklash maqsadida jamoa rahbariyati yangilandi.

Tojikiston futbolida masul vazifalarda ishlab, jamoatchilik orasida izzat-hurmat va obro'-etibor qozongan Vitaliy Grigorevich Levchenko "Neftchi" jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlandi. Biz unga qator savollar bilan murojaat qildik. 

Siz o'zbek futboli va "Neftchi" klubi haqida qanday tasavvurga egasiz? 

- O'zbekistonda futbol yaxshi rivojlanmoqda. Barcha jamoalar o'z imkoniyatiga qarab yaxshi shakllangan. SHu bois, natijalar qanday bo'lishini oldindan aytish qiyin. O'zbek futbolchilari o'z mamlakatidagina emas, balki Osiyo davlatlarida ham o'z imkoniyatlarini namoyish etib kelmoqdalar. "Neftchi" jasoasida malakali o'yinchilar etarli, lekin buning amaliy natijasi sezilmayapti. Murabbiylar shtabi ana shu masalalar bilan jiddiy shug'ullanishi kerak. "Neftchi" boy tarix va ananalarga ega. Biz hammamiz hamkorlikda ana shu anana va obro'ni tiklashimiz lozim. Klub tarixida o'zbek futboli afsonalaridan biri Yuriy Vazgenovich Sarkisyanning alohida o'rni bor. Men uni jamoaning Farg'onadagi uchrashuvlaridan biriga taklif etib, qilgan samarali mehnatlari uchun chin yurakdan minnatdorlik bildirib, yaxshilikka-yaxshilik bilan ezozlash tashabbusi bilan chiqmoqchiman. 

- Siz kelguningizga qadar jamoa chempionatning birinchi davrasini 13-o'rinda yakunladi. Ana shu og'ir ahvoldan chiqish yo'li nimadan iborat deb o'ylaysiz? 

- Bizda ikkinchi davraga tayyorgarlik rejasi mavjud. Biz bu rejalarni to'la amalga oshirish uchun jiddiy masuliyat bilan ish olib borishimiz kerak. 

- "Neftchi"ning milliy chempionatdagi bellashuvlariga nazar tashlaganmisiz?

- Menda jamoamiz haqida ayrim axborotlar bor. Lekin endilikda nima ish bilan shug'ullanish va qaysi poziciyani kuchaytirish lozimligi haqida jiddiy bosh qotirishimiz zarur. 

- Ayni paytda klubda 3 nafar legioner bor. Jamoani kuchaytirish uchun ularni 5 nafarga etkazish kerak. Siz bu haqda o'ylab ko'rdingizmi? 

- Biz bu masalani chuqur o'ylab, hal qilamiz. Jamoani tubdan yaxshilash uchun masuliyatni chuqur his etadigan malakali futbolchilar kerak. 

- O'zbek klublarida faol o'ynayotgan tojikistonlik yigitlar ko'p. Yangi murabbiy sifatida jamoaga ularni taklif etish niyatingiz bormi?

- Qo'lida Tojikiston pasporti bo'lgan futbolchini jamoaga taklif etishda hech qanday mantiq yuq. Bizga oldimizdagi vazifani yaxshi tushunadigan va maydonda masuliyatni chuqur his etib, harakat qiladigan mahoratli futbolchilar kerak. Ular mahalliy sharoitni va milliy ananalarni yaxshi bilishlari va doimo yuksak marralarga intilishlari kerak. 

- Murabbiylar shtabini shakllantirish uchun o'zingiz bilan ishlagan yoki siz yaxshi biladigan mutaxassislarni taklif etasizmi?

- Ha. Jalb etilgan mutaxassislar talab va masuliyatni yurakdan his etib, yuksak marralarni egallash uchun butun vujudi bilan oldinga intilishi darkor. Bizning harakatimiz shveycariya soati kabi aniq va bexato bo'lishi kerak. 

- Jamoa qachon ikkinchi davra uchrashuvlariga tayyorgarlikni boshlaydi?

- Belgilangan reja asosida 7 iyul kuni ish boshlaymiz. 

Klub muxlislari haqida qanday fikrdasiz?

- Farg'onalik futbol ishqibozlari o'z jamoalariga mehr va sadoqatlarini azal-azaldan namoyish etib kelishmoqda. Ularning jamoamizga hurmat va ehtiromi "Neftchi" yuksak cho'qqilariga ko'tarilgan yillarda juda baland edi. Biz o'sha ehtiroslarni qaytarish uchun "Neftchi"ning azaliy g'olibona yurishlarini tiklashimiz va o'zbek futbolida o'z o'rnimiz va mavqeimizga ega bo'lishimiz kerak. SHunga intilamiz. 

- Yaqinda ishga kelgan serbiyalik mutaxassis Milan CHirich haqida nima deya olasiz? 

- U yangilangan murabbiylar shtabida biz bilan birga ishlaydi. 

"Neftchi" matbuot xizmati

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика