So’nggi yangiliklar

22:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария" "Окленд Сити"ни "кўмиб қўйди". Германия чемпионлари Янги Зеландия жамоасига жавобсиз 10 та гол урди  14 22:33Жака итальян грандига ўтадими?  0 21:59Суперлига. "Насаф" Чераннинг пенальтидан урган голи эвазига "Навбаҳор"ни мағлуб этди  152 21:55Суперлига. "Динамо" "Хоразм" билан камбэк амалга ошириб,, мағлубиятсиз сериясини давом эттирди  24 21:53Суперлига. Термиздаги баҳсда "Нефтчи" "Сурхон"ни мағлуб эта олмади  27 21:47"Наполи" "Ал Насср" юлдузига қизиқмоқда  0 21:12"Рома" Шомуродовни сотишга тайёр, унга даъвогар ҳам бор  35 19:45Италия терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди  8 18:50Дарвозалар ишғол қилинмаган ОКМК - "Шўртан" учрашувидан галерея  0 18:25"Арсенал" Гёкереш борасида "Спортинг" билан музокараларни тўхтатиб қўйди, нега?  2 17:57Украиналик футболчи ПСЖ билан келишувга эришди  3 17:28Тер Штеген янги клубига ўтишга яқин  10 16:55Бернарду Силва Туркияга йўл олиши мумкин?!  0 16:26Романо: "Атлетико" "Ливерпуль" юлдузини текинга қўлга киритмоқчи  2 15:51Мартинес "Манчестер Юнайтед" билан музокараларни бошлади  2

Vitaliy Levchenko: "Futboldagi hayot shunaqa, hech kim uchun doimiy joy kafolatlanmaydi" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "Futboldagi hayot shunaqa, hech kim uchun doimiy joy kafolatlanmaydi"

O'zbekiston kubogining nimchorak final bosqichidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Neftchi" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Vitaliy Leachenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Og'ir o'yin bo'ldi. Birinchi bo'limda o'yinimiz unchalik qovushmadi. Biroq ikkinchi bo'limda vaziyailar yarata oldik, hujumlar tashkil etdik. Qo'shimcha bo'limlarda ham imkoniyatlarimiz bo'ldi, biroq foydalana olmadik. Futbolda shunaqa naql bor, sen urmasang senga urishadi. Yomon o'ynamadik, biroq yakunda g'alabani qo'lga kirita olmadik. Yigitlar oxirigacha harakat qilishdi.

- "Neftchi" O'zbekiston kubogi bahslaridan chiqib ketdi. Superligada ham natijalar ko'ngildagidek deb bo'lmaydi, jamoa chempionlik poygasidan chiqib qolgandek. Nima deb o'ylaysiz, jamoa rahbariyati sizga ishonch bildirishda davom etadimi?

- Hozirda "Neftchi" bilan amaldagi shartnomam bor. Ketish ketmaslikni rahbariyat hal qiladi. Futbol hayoti shunaqa, hech kim uchun doimiy joy kafolatlanmaydi.

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика