So’nggi yangiliklar

02:40УЕФА Суперкубоги. "Реал Мадрид" - "Аталанта" 2:0, Беллингемдан заргарона ассист Мбаппедан гол  0 01:50"Реал Мадрид" – Европа Суперкубоги соҳиби! Мбаппе илк ўйинидаёқ гол урди ва соврин ютди  25 01:15Саудия Суперкубоги. "Ал Тавун" - "Ал Насср" 0:2, Роналдудан ажойиб узатмалар ва гол  0 00:30"Манчестер Юнайтед" Бруну Фернандеш билан шартномани узайтирди  0 23:46"Ал Насср" Саудия Арабистони Суперкубоги финалига йўл олди. Роналду янги мавсумдаги илк голини урди  2 23:30Карло Анчелотти: "Ёзги таътилим расво бўлди"  3 23:10УЕФА Суперкубоги. "Реал Мадрид" – "Аталанта". Бошланғич таркиблар аниқ!  20 22:40ПСЖ деярли 60 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  1 22:08Анвар Бердиев: "Ютишимиз ҳам, ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  3 21:52Ҳаким Фузайлов: "Бугун икки очко йўқотдик"  2 21:30Сильванус Нимели расман янги клубга ўтди  1 21:10"Футбол олами". "Насаф" "Пахтакор"ни ОКМК "Навбаҳор"ни мағлуб этди — Суперлиганинг 15-тури ҳақида барчаси  1 20:59Про-лига. "Хоразм" - "Шўртан" учрашувида ғолиб аниқланмади  1 20:4235 ёшли хавбек "Барса"га ўтиши мумкин?!  7 20:10"Рома" Шомуродовнинг рақобатчисини бошқа клубга юбормоқда  7

Vitaliy Denisovning intervyusi Yangiliklar

Vitaliy Denisovning intervyusi

O'zbekiston terma jamoasi hamda Lokomotiv himoyachisi Vitaliy Denisov Rossiyaning "Sovsport.ru" sayti muxbiriga intervyu berdi.

"CHERKIZOVADAGI STADIONNI TO'LIB-TOSHISHINI ISTAYMAN"

- Tor ko'rinishiga kelish uchun maxsus kiyimni kiyishga avvaliga qiynaldim. Ammo keyinchalik tezda ko'nikib oldim. Belgilangan manzilga ancha erta etib keldim.

- Qancha muxlislar sizdan chipta olish uchun kelishdi yoki yugurib kelishdi?

-Meni qo'limda sakkizta chipta bor edi. Birinchi kelgan to'rtta muxlisga chiptani berdim. Keyin esa boshqa ishqibozlar yugurib kelishdi. Ular ko'p edi. Qiziqarli voqealar, ranjishlar bo'ldi.

- Kimdir manzilni adashtirib yubordimi?

- Ha, aynan shunday bo'ldi. Yigit va qiz belgilangan manzildan uzoq bo'lmagan joyda aylanib yurishgan ekan. Ammo qizning sevgan yigiti chiptani olishga ulgurmadi. Meni bilishimcha, yigit qiziga: "Ko'rdingku, qo'limdan kelganini qildim", - debdi. Yana bir qiz esa umuman boshqa tarafga yugurib ketgan. SHunday voqealar ham uchradi.

- Demak hammasini soniyalar hal etgan ekanda...

- Daqiqalar desak aniqroq bo'ladi. Men bunday ajiotajni kutmagandim. Bazilar esa institutdan darsdan chiqib chiptani mendan olishga shaylanishgan ekan. Lekin ular ulgurishmadi. Eshitishimcha, bir yigit dars o'rtasidan chiqib manzil tomon otlangan. Ammo u bola ham chiptani ololmadi.

P.S. Lekin Vitaliy Denisovdan chipta olish maqsadida belgilangan manzil tomon kelgan barcha ishqibozlar ko'tarinki kayfiyatda ortga qaytishgan. CHiptani qo'lga kirita olmagan muxlislar ham yaxshi kayfiyatda uylariga ketishgan. Vitaliy Denisov barcha muxlislariga dasxat qo'yib bergan, esdalik uchun suratlarga tushishgan, umuman dildan suhbatlashishgan. Denisov ularni barchasini futbolga taklif etgan.

- "Spartak" bilan bo'ladigan o'yinda katta "anshlag"ni kutsak bo'ladimi? Balki bunga Denisovning o'zi ham sabab bo'lar, a?

- Stadion to'lib-toshishini juda ham xohlardim. CHerkizovada anchadan buyon stadion ishqibozlar bilan to'lmagandi. Tepa tribunalar ham muxlislar bilan to'lishini istardim.

- "Spartak" ayni paytda muvaffaqiyatsiz o'ynamoqda. SHu bois muxlislarning aksariyati bu bahsda stadionga kelmasliklari ham mumkin...

- Bu albatta ularning tanlovi. Boshqalar uchun javob berish qiyin.

- "Mordoviya" bilan o'yinan keyin "Spartak" muxlislari futbolchilari bilan gaplashib olishgani - bu...?

- Kamdan-kam kuzatiladigan holat. Bu kabi holat shaxsan mening faoliyatimda bo'lgan. Biz ham o'z muxlislarimiz bilan ko'rishib, gaplashgandik. Bunda hech qanday muammo yo'q. Bu kabi uchrashuvlarni nafaqat omadsizlik paytida, balki yutuqlar bo'ladigan davrda ham tashkil etib turish kerak. CHunki xotirjamlikda suhbatlashish qulayroq.SHunda muxlislar ham ehtiroslarini bir joyga jamlay olishadi.


"IT AKILLAYVERADI"

- CHempionat tugashiga 5-tur qoldi. Ekspertlar esa etakchilarning taqvimini va ularning chempionlikka imkoniyatlarini muhokama qilishmoqda.

- Mutaxassislar "Loko"ning imkoniyatlarini eng past deya baholashmoqda.

- Evgeniy Lovchev va Vasiliy Utkin "Loko"da chempionlikka umuman imkoniyat yo'q deya hisoblashmoqda...

- Ha-ha! Hammasi tushunarli. Biz haqimizda umuman gapirishmasa ham bo'lardi...

- "Loko"ga bo'lgan bunday munosabat sizni yanada g'azablantirib, chempionlikka erishish uchun harakat qilishga undaydimi?

- Men buni g'azablantiradi va qo'shimcha motivaciya beradi demagan bo'lardim. It akillayveradi, karvon esa o'taveradi. Yakunda nima bo'lishini ko'ramiz.

- Qaysidir manoda siz CSKA jamoasi tarbiyalanuvchisisiz. SHundan olib qaraganda, "Spartak" siz uchun principial raqib sanaladimi?

- Ha, men CSKA safida o'ynaganman. Lekin "Spartak"ni hech qachon principial raqib sifatida ko'rmaganman. Menga bu jamoaga qarshi o'ynash yoqadi.

- "Zenit"dan 5ta gol o'tkazgan, "Mordoviya"ni mag'lub eta olmagan "Spartak"ka qarshi o'ynash siz uchun oson bo'ladimi?

- Bu narsa hech narsani anglatmaydi. "Spartak" har doim o'z nomi uchun munosib o'ynaydigan kuchli jamoa. Meni o'ylashimcha, "Spartak"ning baribir o'z muxlislari ularga ishongani uchun kelishadi. O'yinga bo'lgan qiziqish katta. Menimcha, muxlislarimiz bizni fantastik tarzda qo'llab-quvvatlashadi. Umid qilamanki, chiroyli muhit yaratiladi va o'yin ham qiziqarli kechadi.

- "Spartak"ning hozirgi kundagi eng xavfli hujumchisi Promes sanaladi. Promes to'purarlar ro'yxatida peshqadamlik uchun kurashmoqda. Uni zararsizlantira olishni uddalaysizmi?


- Uni zararsizlantirish uchun bor imkoniyatimni ishga solaman.

- Bir narsaga aniqlik kiritdik. Sizning bobongiz va buvingiz temiryo'llarida xizmat qilishgan ekan. "Lokomotiv" futbolchisi bo'lib bu haqda umuman gapirmagan ekansiz...

- Taxminimcha, sizga bu malumotni kim berganini bilaman. To'g'risini aytganda, bu mavzuda boshqa qulay paytda aytmoqchi edim. Ha mayli, aytganim bo'lsin. ha, bobom Anatoliy va buvim Zoya uzoq vaqt temiryo'llarida xizmat qilishgan va taqdirlanishgan. Bobom futbolga juda yaxshi tushunardi. "Lokomotiv" safida o'ynagan paytlarimni u ko'rolmadi. Nabirasi "Lokomotiv" stadionida qanday o'ynayotganini o'yingohdan turib tomosha qilish u uchun yoqimli bo'lardi. Buvim esa stadionga bormasdi. Ammo ishonchim komilki, televizor orqali nabirasi o'yinini tomosha qilgan bo'lardi.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика