Vitaliy Denisov "Kulichki" ramziy terma jamoasida
30 may 2016 14:47
Yangiliklar
Vitaliy Denisov "Kulichki" ramziy terma jamoasida
"Temiryo'lchilar" mavsum yakuniga ko'ra turnir jadvalida 6-o'rinni egallashdi. Hamyurtimizni ramziy jamoaga kiritgan "kulichki" Denisovga quyidagicha tarif bergan:
"Agar Vitaliy Denisov O'zbekiston terma jamoasida o'ynamaganida, Rossiya bilan Evroga borishi aniq edi. U bir necha mavsumdan beri "Loko" chap qanot himoyasini "yondiryapti". Denisov "temiryo'lchilar"ning eng omadli xaridlaridan biri bo'ldi. O'yinni yaxshi o'qiy oladigan, to'pni olib qo'yishda chaqqon bo'lgan Denisov hujumda ham jamoadoshlariga katta yordam beradi. Vitaliy bo'yi kichik bo'lsada, ikkinchi qavatda ham juda yaxshi o'ynaydi".
To'liq tarkib: Igor AKINFEEV (CSKA) - Mario FERNANDES (CSKA), Andreas GRANKVIST (Krasnodar), BASHTUSH (Rostov), Vitaliy DENISOV (Lokomotiv) - Pontum VERNBLUM (CSKA), Kristian NOBOA (Rostov) - Kvinsi PROMES (Spartak), Alan DZAGOEV (CSKA), XALK (Zenit) - Fedor SMOLOV (Krasnodar).
Fikrlar