Vitaliy Denisov jamoasi o'ynaydigan stadionda chiroq yo'q

Aslanov Jasurbek
28 avg 2018, 15:40
"Samara-Arena" stadionida elektroenergiyani o'chirib qo'yishdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, stadion "Samaraenergo" kompaniyasidan qarz bo'lib qolgani tufayli arenada chiroq yo'q. Ayni damda stadionga "Sport-In" kompaniyasi javobgar. Qarz miqdori aniq emas. Ushbu arenada hamyurtimiz Vitaliy Denisov o'ynaydigan "Krilya Sovetov" uy uchrashuvlarini o'tkazadi.

"Sport vazirligi arenaga javobgar emas, biz uni ijaraga olamiz. U yerda nima bo'layotganini tushuntirib bera olmayman. Biz arena uchun pul to'lab, u yerda futbol uchrashuvini o'tkazib ketamiz" - deydi Samara sport vaziri Dmitriy Shlyaxtin.

1 sentyabr kuni "Krilya Sovetov" "Samara-Arena"da "Anji"ni qabul qilishi kerak.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Интерфакс