Vitaliy Denisov: "Hozircha Bojovichning mashg'ulotlarida oddiy mashqlarni bajaryapmiz"
06 okt 2014 17:06
Yangiliklar


Vitaliy Denisov: "Hozircha Bojovichning mashg'ulotlarida oddiy mashqlarni bajaryapmiz"
"Lokomtiv" Vitaliy Denisovning takidlashicha, yangi bosh murabbiy Miodrag Bojovichning mashg'ulotlari ijobiy ruhda o'tmoqda.
Futbolchining so'zlariga ko'ra, hozircha mashg'ulotlarda oddiy mashqlar bilan kifoyalanishmoqda, jiddiy mashqlar esa barcha futbolchilar qaytganidan so'ng boshlanadi.
"Bojovich kelib salomlashdi va jamoa bilan tanishdi. U hozircha jamoaning tilini topishga urinyapti. Murabbiy biz bilan muloqot qilyapti, hazillashyapti. Bu to'g'ri ish. Hozircha kayfiyatni ko'tarish kerak. Mashg'ulotlarimiz hozircha oddiy mashqlar bilan o'tyapti. Barcha futbolchilar terma jamoadan qaytishganda, jiddiy shug'ullanishni boshlaymiz. "Lokomotiv"ning ko'pgina futbolchilari boshqa jamoalarda Bojovich qo'l ostida o'ynashgan va albatta, biz ulardan murabbiy haqida so'radik" - deydi Denisov.

Fikrlar