Vitaliy Denisov: "Finalga chiqmoqchimiz"
07 jan 2015 16:01
Yangiliklar


Vitaliy Denisov: "Finalga chiqmoqchimiz"
Terma jamoamiz futbolchisi Vitaliy Denisov bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi turniri oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Guruhimizdagi har bir raqib havfli ekanligini bilib turibmiz. Barcha o'yin qiyin bo'ladi. Ammo, guruh bosqichidagi barcha uchrashuvda g'alaba qozonishga harakat qilamiz.
Guruhdan chiqamiz va finalga yo'l olib, eng zo'r ekanligimizni isbotlamoqchimiz.
KXDRga qarshi oldin ham o'ynaganmiz. Kuchli jamoa ekanliklarini bilamiz. Yangi murabbiy ko'plab o'zgarishlarni amalga oshirgan. Ularga qarshi o'yinda uch ochko olishni mo'ljallamoqdamiz", - deya hamyurtimizning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Osiyo Futbol Konfederaciyasi rasmiy sayti.

Fikrlar