So’nggi yangiliklar

20:05U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 - 3:0 (матнли трансляция)  40 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  1 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  4 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  8 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   19 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0

Vitaliy Denisov: "Boshqa imkoniyat bo'lganida ham O'zbekistonni tanlardim" Yangiliklar

Vitaliy Denisov: "Boshqa imkoniyat bo'lganida ham O'zbekistonni tanlardim"

O'zbekiston milliy terma jamoasi va Moskvaning "Lokomotiv" klubi himoyachisi Vitaliy Denisov sportsdaily.ru saytiga intervyu berdi.
Ushbu intervyuni o'quvchilarimizga taqdim etishga qaror qildik.

- Siz sportchilar oilasida tug'ilib o'sgansiz. Otangiz Gennadiy Denisov o'z vaqtida "Paxtakor"da eng ko'p o'yin o'tkazgan. Akangiz esa basketbol bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi sardori. Bu kelajakda qaysi sohani egallashingizga tasir qilganmi?
- Unchalik emas. To'g'ri, otamning har doim to'g'ridan to'g'ri futbolga aloqasi bo'lgan, lekin u hech qachon meni sportga majburlab olib kirmagan. O'zim to'p tepishni xohlagandim va bu haqda otamga aytganman.

- Ko'pchilik sizni o'yin uslubingizni otangizga o'xshatadi, bundan tashqari bitta poziciyada o'ynaysizlar. Nima deb o'ylaysiz otangizni ortda qoldira oldingizmi? Masalan, Marat Kabaev sizni Rossiya chempionatining yulduzi deb atadi.

- Albatta, Marat Vaxizovichdan bunday gaplarni eshitish yoqimli. Qanchalik ortda qoldirdim buni men hal qilmayman. Otamning ham, mening ham o'yinlarimni ko'rganlar aytgani yaxshiroq. Bu savolga javob berish men uchun qiyin.



- Otangiz bilan o'yinlar borasida gaplashib turasizlarmi? U sizni tanqid qilib turadimi?
- Ko'p suhbatlashamiz. Vaqti bo'lsa mening o'yinlarimni ko'radi. Bazan tavsiyalar beradi. Nimalarni to'g'ri qildim, qaerda xato qildim, barchasini aytadi.

- 1990 yillarda O'zbekistonda yashash qiyin bo'lgan deyishadi. Qanday muammolarga duch kelgansiz?
- Hech qanday muammo bo'lmagan, bo'lmasa ham kerak. O'zbekiston ko'p millatli davlat, doim barchasi joyida bo'lgan.

- O'zbek tilini bilasizmi?
- Bilaman, gaplasha olaman, ammo biroz yodimdan chiqqan.



- Siz O'zbekistonda tug'ilgansiz, ajdodlaringiz - rus. O'zingizni kim deb hisoblaysiz?
- Menda bitta pasport bor - O'zbekistonniki, Rossiyaning pasporti yo'q. O'zimni kim deb his qilish haqida o'ylamaganman.

- O'zbekistonni tanlagangizdan afsusda emasmisiz? Har holda Evropa chempionati Osiyo chempionatidan ko'ra nufuzliroq.
- Rossiya yoki Ukrainani tanlaganimda balki hech kim bo'la olmasdim. Agar yana bir bor imkoniyat bo'lganda ham O'zbekistonni tanlagan bo'lardim.

- O'zbekiston chempionatini kuzatib borasizmi?
- O'zbekiston chempionati o'yinlarini namoyish etishmaydi, shu bois ko'ra olmayman. Otamning yoki do'stlarimning jamoasi o'ynasa asosan matnli onlayn-translyaciyalarni kuzatib boraman yoki hisobni bilishga urinaman.



- Aytishlaricha hozir O'zbekistonda juda qobiliyatli yoshlar etishib chiqayotgan ekan. Yoshlardan qaysi biri Rossiya chempionatida o'ynab keta oladi?

- Javob berish qiyin. Terma jamoada o'ynash boshqa, boshqa davlatga ko'chib o'tish umuman boshqa. Barchasi odamning o'ziga bog'liq. Odil Ahmedov Krasnodarning etakchilaridan biri. O'ynab ko'rish kerak, ungacha bilmayman. Yoshlar va o'smirlar terma jamoalari yaxshi ishtirok etmoqda, yosh avold o'sib kelmoqda. Asosiysi, ularni yo'qotmaslik.

- Siz Italiya taomlari va palovni sevishingizni bilamiz. Qaysi birisiz yashash siz uchun og'ir italyan yoki o'zbek?
- Italiya taomlarini dunyoning istalgan burchagidan topish mumkin, o'zbek taomlarini topish qiyinroq. SHunday ekan javobim - o'zbek taomlari.
 


- O'zbekiston terma jamoasi OFKda ishtriok etadi. Ekzotik mamlakatlarga safar qilgansiz. Taassurotlar bilan o'rtoqlashing.
- Muhit bo'yicha Yaponiya menga eng yoqqan mamlakat bo'ldi. Ajoyib stadion. Uchrashuvdan oldin muxlislar O'zbekiston madhiyasini yoddan aytishdi, juda qiynalib bo'lsa ham yodlashibdi. Yaponlar ko'k formada o'ynashdi, stadion aynan mana shu rangga burkangandi - juda chiroyli edi.

Yana SHimoliy Koreya yodimda qolgan. Juda g'aroyib davlat. O'yin vaqtida to'p bizda bo'lganida butun stadion jim bo'lib qolardi. Kechqurun sayrga chiqqanimizda, simyog'ochdagi chiroqlar ostida yigitlar kitob o'qishardi. Tushuna olmadim, balki chiroqni iqtisod qilishgandir, balki ko'chadagi qandaydir qo'riqchilar.

- Bunday yopiq davlatda qo'rqish hissi bo'lmadimi?
- Qo'rquv emas, kishini ajablantirish hissi bo'ldi. Aeroportda bilan mobil telefonlarimizni olib qo'yishdi, xatto qarindoshlarimizga ham telefon qila olmadik. Yaxshiyam uy telefonimiz raqami yodimda edi, onam bilan bog'lanib barchasi joyida ekanini aytgandim.



- O'tgan mavsum Lokomotiv chempion bo'lishi yoki hech bo'lmasa ECHL yo'llanmasiga ega chiqish uchun nima etishmadi?
- Aytish qiyin…. Biz tayanch yarim himoyasida o'ynagan Dima Tarasovni yo'qotgandik. Jarohatlar bor edi. Balki, omad etishmagandir.

- O'tgan mavsum Lokomotiv bilan to'rtinchi o'rinni olishdan qo'rqmaganmidingiz - axir Dnepr bilan olti marta shu o'rinni olgandingiz?
- Hozir buni aytmaganingizda bu haqda bilmasdim ham (kuladi). Bazi sabablarga ko'ra Dnepr to'rtinchi o'rindan yuqoriga chiqara olmagandi.

- Yoshlikda Rossiya chempionatini kuzatarmidingiz? Sevimli klubingiz bormidi?
- Yoshligimda faqat markaziy o'yinlar yoki ECHL, UEFA kubogi bahslarini tomosha qilardim. Bu albatta yoshlikda edi.

 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика