Visente Del Boske: “O'z ovozimni Xaynkes, Benites va Skolariga berdim”
18 noy 2013 09:27
Yangiliklar


Visente Del Boske: “O'z ovozimni Xaynkes, Benites va Skolariga berdim”
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Visente Del Boske, FIFAning eng yaxshi yil murabbiyi so'rovida, hamkasblaridan qaysi biriga ovoz berganini aytib o'tdi.
“Men Xaynkes va Benites ovoz berdim, chunki ular CHempionlar ligasini va Evropa ligasini qo'lga kiritishdi. Qo'shimcha sifatida Skolariga ham ovoz berdim, chunki u Braziliya terma jamoasini Konfederaciyalar Kubogining g'oliblik shohsupasiga olib chiqdi.
Umuman olib qaraganda men sovrinni qo'lga kirita olgan murabbiylarga ovoz berdim. Bu eng obektiv ko'rsatgich deb o'ylayman”, - mutaxassisning so'zlarini keltiradi El Mundo Deportivo.
Eslatib o'tamiz, Xaynkes, Klopp, Mourinyu, Venger va Konte, FIFAning eng yaxshi yil murabbiyi nomiga asosiy davogarlardan bo'lib turishibdi.

Fikrlar