So’nggi yangiliklar

20:25Opta "Арсенал"нинг АПЛ чемпионлигини қўлга киритиш эҳтимоллигини ҳисоблаб чиқди  0 20:05U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 - 3:1 (матнли трансляция)  43 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  2 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  4 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  9 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   19 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6

Virtual futbol bo'yicha "UCG-FIFA CUP" Respublika ochiq turniri start olmoqda Yangiliklar

Virtual futbol bo'yicha "UCG-FIFA CUP" Respublika ochiq turniri start olmoqda

O'FF va PFL qo'llab quvvatlashi yordamida "Virtual Football" kompaniyasi tomonidan Playstation 4 FIFA16 bo'yicha "UCG-FIFA CUP" Respublika ochiq turniri tashkil etilmoqda.

Respublika Grand finali Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi va undagi TOP 20 o'yinchilar FIFA17 dan start oladigan "PCFL" Oliy ligasiga, TOP 36 esa "PCFL" birinchi ligasiga yo'llanma oladilar.

Turnirni o'tkazishdan maqsad O'zbekistonda kiber futbolni rivojlantirish va yosh futbol ishqibozlarining bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish.



Saralash bahslari Toshkent, Farg'ona, Urganch, Qarshi, Buxoro va Samarqand shaharlarida bo'lib o'tadi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyati vakillari uchun saralash poytaxtda o'tkaziladi.

Farg'onada vodiy ahli uchun, Buxoroda Buxoro hamda Navoiy viloyatlari vakillari uchun, Samarqandda Samarqand, Guliston va Jizzax viloyati ishtirokchilari uchun, Qarshidagi saralash Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati vakillariga, Urganch shahridagi saralash bahslari esa Xorazm viloyati va Qoraqalpog'iston Respublikasi vakillari uchun o'tkaziladi.

Saralash bahslaridan muvaffaqiyatli o'tgan ishtirokchilar Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida "Grand Final" musobaqasida ishtirok etishadi. Eslatib o'tamiz, musobaqada 18 yoshga to'lmaganlar ishtirok eta olishmaydi.

Tashkilotchi "Virtual Football" kompaniyasi.


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика