So’nggi yangiliklar

08:02ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" "Ал Аҳли"ни меҳмон қилади  0 07:35Бум! Ўзбекистон мундиал стартидан олдин ЖЧ мезбони билан ўйнайди  6 02:10ЕЧЛ. "Атлетико" яна бешта гол урди, "Бавария" ва "Интер"да йирик ғалаба (барча натижалар)  5 01:21Хаби Алонсо: "Қайрат" Чемпионлар Лигасида ўйнашга муносиб жамоа"  2 00:34ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Қозоғистон билан ўртоқлик учрашуви бўйича музокаралар олиб борилган эди, аммо..."  2 23:58Иван Бошкович: "Битта чиройли зарба ўйин тақдирини ҳал қилди"  4 23:37ЕЧЛ. "Қайрат" ўз майдонида "Реал"га йирик ҳисобда ютқазди, Мбаппедан хет-трик!  105 23:27Виталий Левченко: "Сафарда муҳим ғалабани қўлга киритдик"  5 23:13Отабек Нарзуллаев: "Ҳимоямизни анча яхшилаб олдик"  1 23:08ЕЧЛ. "Интер", "Ливерпуль", "Челси" ва бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:55Футзал. 2-тур 3-кунида "Насаф", СҚБ ва "Oil-Star"да ғалабалар  1 22:43Александр Хомяков: "Бизга тетиклик етишмади"  8 22:39Суперлига. "Сўғдиёна" ўз майдонида "Нефтчи"га мағлуб бўлди, "Машъал" эса "Бухоро" билан дуранг ўйнади  4 22:23Луис Энрике "Барселона"ни мақтади  1 21:41Клопп эмас: "Ал Иттиҳод" бош мураббийлиги учун асосий номзодлар маълум қилинди  0

Virtual fanatlar va intershum. Kecha La Liga o'yini Bundesligadan ko'ra ancha jonliroq ko'rindi Yangiliklar

Virtual fanatlar va intershum. Kecha La Liga o'yini Bundesligadan ko'ra ancha jonliroq ko'rindi

La Liga Bundesligadan deyarli bir oy keyin boshlandi, ammo ancha jozibaliroq.

Ispaniyada cheklovlar paytidagi ikkita katta savolga javob topildi: translyaciya bo'm-bo'sh emas va jimjitlik emas.

Tribunadagi shovqinlar EA Sports'dan olingan. O'yin ishlab chiqaruvchisi ushbu yozuvlarni stadiondagi muxlislarning ovozidan yozib olgan (o'yinda ishlatish uchun) va qizig'i, bu umuman teskari yo'nalishda ishladi: simulyator haqiqiy efirga bu ovozlari bilan yordam bermoqda.

Ammo, suniy shovqin Bundesligada ham bor (bu "Match TV"da mavjud esa va Germaniyada ikkita audio trekdan birini tanlash mumkin). Ispaniyada o'yinlarni translyaciya qiluvchilar esa katta inqilobga qo'l urishdi. Bu effektlar bo'm-bo'sh tribunalarni bildirmaslikka harakat qiladi. La Liga translyaciyalarida kompyuter grafiklari to'g'ridan-to'g'ri stadiondan bog'landi. Bunda Vizrt kompaniyasining xizmatlari katta.

Vizrt - Norvegiyada boshlanib, dunyoda 30ta ofisiga ega bo'lgan televizion dizayn sohasidagi mutaxassislardir.

La Liga bo'sh tribunalarni "to'ldirish" uchun ko'pgina takliflarni oldi. Audiovizual bo'yicha direktor Melsor Soler hatto Gollivuddan ham taklif kelib tushganini aytdi, ammo Soler takliflarning ko'pi real bo'lmagan yoki La Liganing asosiy maqsadiga mos kelmaydi deb baholadi. U shovqin va virtual fanatlarni pandemiyaga qadar bo'lganday qilishni xohladi.

Bu texnologiya avtomatik ravishda ishlaydi va VizEngine va VizArena texnologiyalari to'p, darvoza va boshqa elementlarni aniqlaydi va maydon chegarasini tushunadi.

Tepada turgan "We Are Sevilla" stendi ham o'yinning boshida halaqit berdi va u 7-daqiqadayoq o'chirib tashlandi. Bu texnologiya futbolni pandemiya davridan oldingidek o'tishiga imkon berdi va Ispaniyada ilk bor sinov muvaffaqiyatli o'tdi.

La Liga qaytdi! Ilk o'yinda "Betis" "Sevilya" qarshisida ojiz qoldi

Xullas, kecha biz tomosha qilgan qiziqarli "El Gran Derbi" nafaqat o'yin bo'yicha ham ajoyib o'tdi, balki u muxlislarning stadionda yo'qliklarini ham deyarli bildirmadi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика