So’nggi yangiliklar

15:16Дюмфрис Англия топ клубига ўтиши мумкин  0 14:41Жота ва гуллар  4 13:46"Арсенал" баскетболчи учун 80 миллион евро тайёрламоқда   0 13:08Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди  7 12:27"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради  6 12:00Лунин қарор қилди  2 11:28МЮ ва "Арсенал" товон пули 85 млн евро бўлган "Интер" футболчисига қизиқмоқда  0 11:02Жасур Абдураимов Биринчи лига жамоаси бош мураббийига айланди  4 10:20"Истанбул Башакшехир" Шомуродовнинг трансфери учун қанча сарфлаши маълум  9 09:48"Насаф" қизиқаётган Ратиньонинг товон пули маълум  11 09:23"Сурхон" етакчиларидан бири иккинчи даврани "Динамо"да ўтказади  2 08:52Эшитдик-да. Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси "Пахтакор"да  15 08:25Ўзбекистон МТЖнинг собиқ аъзоси Эрон клубига ўтишга яқин  5 07:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" ва "Палмейрас" ўртасидаги баҳс якунланди  17 07:44Суперлига. Бугун 15-тур давом эттирилади  3

Vinisiusning oilasi birinchi marta Ispaniyadan ketish haqida o'ylamoqda Yangiliklar

Vinisiusning oilasi birinchi marta Ispaniyadan ketish haqida o'ylamoqda

La Liga 35-turi doirasida "Valensiya" o'z maydonida "Real"ni qabul qildi (1:0).

"Qaymoqranglilar" futbolchisi Vinisius Junior o'yin vaqtida tribunadagi muxlislar tomonidan irqchilikka oid haqoratli so'zlar aytilganiga hakam etiborini qaratdi. Natijada, o'yin 10 daqiqaga to'xtatib qo'yildi. Ammo barchasi shu bilan yakunlanmadi. SHuningdek, qo'shib berilgan daqiqalarda har ikki jamoa vakillari ishtirokida janjal kelib chiqdi, braziliyallik futbolchiga esa qizil kartochka ko'rsatildi. 

Keyinroq Vinni quyidagicha fikr bildirdi:

"Bu birinchi, ikkinchi yoki hatto uchinchi marta ham emas. La Ligada irqchilik oddiy holat, federaciya buni normal vaziyat deb hisoblaydi, raqiblar esa bundan foydalanmoqda.

Qachonlardir Ronaldino, Ronaldo, Krishtianu (Ronaldu) va (Lionel) Messi mahoratini dunyoga ko'z-ko'z qilgan chempionat bugun irqchilarning qo'lida qolib ketdi. Meni qabul qilgan, men juda yaxshi ko'rgan ajoyib mamlakat, bugun dunyo nazarida irqchilik markaziga aylanishga rozi bo'lmoqda. Bularning barchasini indamay kuzatib turgan ispanlarga achinaman, lekin bugun Braziliyada Ispaniya tobora ko'proq irqchilar mamlakati sifatida tilga olinmoqda. Men kuchliman va irqchilarga qarshi oxirigacha kurashaman".

Futbolchining kurashmoqchiligi haqidagi so'zlariga qaramay, uning oila azolari Vinisius bunday muomalaga loyiq emas deb hisoblaydi. SHuning uchun hozirda ular Ispaniyadan ketish haqida jiddiy o'ylashmoqda.  

Qayd etish lozim, muxlislarning o'zini tutishi borasidagi ish bilan Ispaniya policiyasi shug'ullanishni boshlagan.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика