Vinisius Roberto Karlosga yetib oldi

Omonjon To`xtamirzayev
4 okt 2023, 11:32
"Real" vingeri Vinisius Junior o'zining YCHLdagi 16-golini urishga muvaffaq bo'ldi.

U tunda guruh bosqich 2-tur doirasida "Napoli" darvozasini ishg'ol qildi.

Shu tariqa, futbolchi klub tarixida YCHLda gol urish bo'yicha eng yaxshi braziliyalik Roberto Karlosga yetib oldi. E'tiborlisi, Vinisius hamyurtidan 60 ta o'yin kamroq o'tkazgan (47 - 107).

Bu natija jamoaning Chempionlar Ligasidagi to'prurarlari ro'yxatida 5-pog'onani egallab turibdi. "Real" safida faqatgina Krishtianu Ronaldu (105), Karim Benzema (78), Raul (66) va Fernando Morentes (17) gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia