Vinisius: "Neymar bilan bir jamoada o'ynash - orzu"
19 noy 2022 22:13
Yangiliklar


Vinisius: "Neymar bilan bir jamoada o'ynash - orzu"
Vinisius Juniorning fikriga ko'ra, Neymar yosh avlodga katta yordam bermoqda.
"Neymar futbolga yosh bolaligidan kirib keldi va kichkinaligidanoq katta bosimli futbol o'ynadi. SHu sababli u yosh avlodga doimo qayg'uradi.
U bilan bir jamoada o'ynash - orzu. Uning etakchi sifatida qilayotgan mehnati juda qadrli. U ham o'zining jamoaga yordami orqali termaning yuqori natija qayd etishini tushunib turibdi.
Va bu biz uchun ham yaxshi. SHuningdek, bizning g'alabalarimizni kutayotgan Braziliya xalqi uchun ham", - dedi "Real" vingeri.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar