Vinisius Juniorning Saudiya Arabistoniga o'tishi ehtimoli pasayib bormoqda
08 apr 2025 05:56
Yangiliklar
Vinisius Juniorning Saudiya Arabistoniga o'tishi ehtimoli pasayib bormoqda
Taraflar o'rtasida so'nggi muzokaralar dekabr oyida bo'lib o'tgan. Shuningdek, futbolchi agentlari bilan muzokaralar olib borgan Saudiya ligasi vice-prezidenti Saad Al-Laziz mart oyida lavozimini tark etdi.
Fevral oyida "Real" Vinisius agentlariga shartnomani uzaytirishni taklif qilgan. Madridliklar hozirgi maoshiga yaqin taklif bildirgan — soliqlarni hisobga olgan holda yiliga taxminan 17 million evro.
Futbolchining tomoni esa o'z talablarini ilgari surgan, ular klub taklif qilgan sharoitlardan ancha farq qiladi.
Ayni paytda "Real" bu talablarga javob bermagan va qaror qabul qilish uchun mavsum tugashini kutishmoqda. Vinisius vakillari ham shoshilmayapti.
Vinisius joriy mavsum La Liganing 24 ta o'yinida 11 ta gol va 5 ta assist qayd etgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar