Vinisius: "Eslab qoling, 2026 yilgi jahon chempionatida Braziliya dunyoni zabt etadi"
11 dek 2022 15:10
Yangiliklar
Vinisius: "Eslab qoling, 2026 yilgi jahon chempionatida Braziliya dunyoni zabt etadi"
JCH-2022dan chiqib ketgan Braziliya termasi futbolchisi Vinisius Junior o'z fikrlarini bildirdi.
"Maydonda yig'ladim, kiyim almashtirish xonasida yig'ladim. Bir o'zim samolyotda yig'ladim. Hayotimdagi eng yomon kun. Qattiq hafa edim.
Bir necha marta matn yozdim, o'chirib tashladim. Ichimdagi gaplarni qay tariqa yozishni ham bilmadim. Biroq ko'zimda yoshlar qolib ketdi. Tabassum mendan chekindi. Uni qaytarish uchun menga vqt kerak.
Futbolni sevaman. U orqali Braziliya qaerda bo'lishi kerak bo'lsa, o'sha joyga qaytarmoqchimiz.
Biz juda kerakli vaqtda mag'lub bo'ldik. Kechiring... Qo'llab turganingiz uchun rahmat. Sizlar supersizlar! Eslab qoling, 2026 yilgi jahon chempionatida Braziliya dunyoni zabt etadi", - deb yozadi futbolchi.
Fikrlar