Vinisius: "Anchelotti poziciyamni o'zgartirishga meni ishontirdi"
28 may 2024 16:41
Yangiliklar
Vinisius: "Anchelotti poziciyamni o'zgartirishga meni ishontirdi"
Vinisius Junior o'zining Karlo Anchelotti qo'l ostidagi progressi haqida gapirib o'tdi.
"Men har doim o'zim qarshi o'ynaydigan markaziy va qanot himoyachilarining o'yinini o'rganib chiqaman. Ular meni qay tariqa zararsizlantirishga urinishlarini tushunishni xohlayman. Endi esa men darvozabonlarning harakatlarini ham kuzatishga majburman, chunki endi penaltilarni ijro etmoqdaman.
Anchelotti poziciyamni o'zgartirishga meni ishontirdi, vaholanki men buni xohlamagan edim. U menga hujumda chuqurroq o'ynashni o'rgatdi. Bir mavsumda oldingi barcha yillarga qaraganda ko'proq progressga erishdim", - dedi "Real" vingeri.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar