Vinisius 2ta o'yinga chetlatiladi, ammo "Real"...

Aslanov Jasurbek
4 yanv 2025, 14:33
"Real" Vinisius Juniorning qizil kartochkasini bekor qildirmoqchi.

Juma kuni "Valensiya"ga qarshi LaLiganing ko'chirilgan bahsida (2:1) Madrid klubi vingeri raqib posboni Stole Dmitrievskini turtgani uchun chetlatilgan edi.

"Real"dagilar bosh hakam Sesar Soto Grado va VARda ishlagan Munis Ruisning qaroridan norozi. Ularning fikricha, voqeada "Valensiya" posboni ham aybdor.

Oldinroq, Vinisius 4ta bahsga chetlatilishi mumkinligi aytilgandi, ammo diskvalifikaciya faqat 2ta bahsdan iborat bo'lishi ma'lum qilinmoqda.

"Real" har qanday holatda apellyaciya beradi. Yakuniy qaror dushanbagacha e'lon qilinishi kerak. O'sha kuni "Qirollik klubi" Ispaniya Kubogi doirasida bahs o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca