So’nggi yangiliklar

13:13ОФКнинг "Pro" лицензияси бўйича мураббийлик ўқув-курсининг 3-модули Бельгияда давом этмоқда  0 12:45"Бунёдкор" мураббийлар штабида италиялик мураббийлар иш бошлади  2 12:26"Барселона" "Жирона" билан келишолмаяпти  1 12:05"Хоразм" Суперлигада уй ўйинларини қаерда ўтказади?  10 11:55"Манчестер Сити" Абдуқодир Ҳусановнинг африкалик тенгқурини сотиб олишга яқин  17 11:31Расмий хабар: "Хоразм" Суперлигада ўйнайди, фақат...  17 11:10Расмий хабар: Шукурали Пўлатов Про лига дебютанти билан шартнома имзолади  2 10:20Абдуқодир Ҳусанов нима учун 45-рақамни танлаганини айтди   39 10:15Майкл Бабатунде "Машъал" билан хайрлашди  2 09:55"Ал Фейҳа" ўз майдонида ғалаба қозонди. Шукуров тўлиқ ҳаракат қилди  0 09:30"Андижон", "Нефтчи", "Бунёдкор" собиқ футболчилари "Хоразм"да  5 09:00АПЛ. "Челси" ўз майдонида "Вулверхэмптон"дан устун келди   1 08:30"Динамо" икки нафар легионер, дарвозабон ва "Нефтчи" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 08:00"Мен клуб танлашда уларнинг мухлисларига эътибор қаратаман" - "Андижон"нинг янги легионери яна нималар деди?  2 07:35Суперлига. Жамоаларда амалга ошаётган трансферлар барчаси битта саҳифада   43

Vinchenco Montella: Milan ko'p narsaga qodir Yangiliklar

Vinchenco Montella: Milan ko'p narsaga qodir

Vinchenco Montellaning Milan boshqaruvida ish boshlaganiga hali ko'p bo'lgani yo'q. Mavsumlar oralig'ida o'tkazilgan turli darajadagi norasmiy o'yinlar tabiiyki, turlicha taassurot qoldirdi.
Yani chiroyli futbol evaziga g'alabalar ham, sustroq harakat natijasida mag'lubiyatlar ham qayd etildi. Asosiysi, yosh mutaxassis umid uyg'otuvchi alomatlar ko'zga tashlanayotganidan xursand. Ha, u Milanni yana grandlar qatoriga ko'tarish yo'lida hali ancha izlanishi, ko'p ter to'kishi kerak. Nima bo'lishidan qatiy nazar, Vinchenco rossonerlar bilan zafar quchishiga shubha qilmayapti. Zero, shaxsiy fikricha, ixtiyorida yig'ilgan aksariyat yigitlar jiddiy vazifalarni bajarishga qodirlar. Uning o'zi esa futbolchilarni g'alaba sari etaklash yo'llarini yaxshi biladi. Istiqbolli murabbiy buni avval Kataniya, keyin esa Fiorentinadagi ishi orqali to'la isbotladi. Demak, endi navbat Milanni oyoqqa tur-g'azishga. Aytish o'rinli, Montella bu jamoa boshqaruvini 5 iyul kuni qo'lga olgandi.

- Vinchenco, Milandek jiddiy jamoani qayta shakllantirish uchun 1-2 oy kamlik qilishi muqarrar. Italiya A seriyasi start bosqichida qiynalib qolmasmikinsizlar?

- Vaqtning qisqaligi balki foydamizga xizmat qilar. Hozirga qadar ichki muhit va futbolchilar bilan yaxshilab tanishib chiqdim. To'g'ri, shaxsan o'zim yangi mavsumni Evropa Ligasi saralash bosqichidagi o'yinlar bilan boshlashni xohlagandim. Zero, Milan evrokuboklarsiz yashay olmaydi. Lekin o'ylaymanki, ortda qolgan vaqt ichida katta ko'lamda ish bajardik va tayyorgarlikni yuqori kayfiyatda davom ettiryapmiz. Xullas, men mutlaqo xotirjamman, yigitlar ham. Bemalol ayta olamanki, biz to'g'ri yo'ldan ketyapmiz. Umuman, kelajakka katta ishonch bilan qarayapman. CHunki jamoa talablarimga muvofiq ishlayapti va rivojlanish surati ham chakki emas.

- Xo'sh, sizdan nima talab etil-yapti?

- Zimmamga yuklatilgan asosiy vazifa ko'p yilga mo'ljallangan loyiha tuzishdir. Muhimi, ayni payt barcha ishlarga ijobiy qaramoqdaman. Qaytaraman, hozir jamoamizda qayta shakllanish jarayoni davom etyapti. Meni sifatli futbol ko'rsatishga qodir izzattalab jamoa tuzish uchun tanlashgani o'z-o'zidan ayon. Tan olish kerak, har doim ham tomoshabop futbol namoyish etish juda mushkul, biroq menda bu masala bo'yicha aniq tushuncha bor. Harqalay, jamoaga qanday tasir o'tkazishni bilaman.

- CHetdan qaraganda, sizdan haddan ziyod ko'p narsa kutishayotgandek. Vaholanki, Milan oxirgi 3ta mavsumni o'ta sust o'tkazdi, qolaversa, bu erda endi ish boshladingiz...

- Yo'q, ayni payt katta vada berishim nojoiz, shuningdek, jamoadan ham misli ko'rilmagan ishlarni qo-yillatishini talab qilmayman. Avvallari mashg'ulotlar jarayonida o'ta qattiqqo'llik qilardim va yuklamalarni hattoki, ayrim futbolchilar ko'tara olishmasdi. Endilikda umumiy yondashuvni salgina o'zgartirdim. Yani kimnidir majburlash yo'q, ammo malum darajada talablar bor, baribir. O'ylaymanki, atrofimdagilar buni yaxshi tushunib, mashg'ulotlarda astoydil ter to'kishdi.

- Jamoaning hozirgi holati yuzasidan gapirsak, uning ichki imkoniyatlarini qanday baholaysiz?


- Har bir futbolchi ayni saviyasini yanada oshirish va jamoaga ko'proq manfaat keltirishga qodir. Muhimi, yigitlar bunga ishtiyoq sezishsa, bas. Tushunish kerakki, buyog'iga qandaydir bahonalar ketmaydi. Futbolda nimadir o'xshamasa, darhol o'ziga xos sabablarni bahona o'rnida keltirish odat bo'lib qolgan. Men futbolchilardan aslo bunday qilmaslikni alohida so'rayman. Albatta, bu shartga avvalo, o'zim rioya etishim shart. Binobarin, sportchi o'z kamchiliklari yoxud turli muammolarga yopishib olmasdan, ijobiy xususiyatlarini yanada yuksaltirishga etibor qaratishi lozim. Misol uchun, Milan rahbariyati oxirgi yillarda murabbiylarni tez-tez almashtirdi. SHunday holat yuzaga keldimi, demak, hamma masuliyatni o'z zimmasiga olib, umumiy yondashuv o'zgarishiga hissa qo'shishi kerak. Xususan, futbolchilar ham. Har holda, murabbiyning almashganidan nolish hech qanday mano kasb etmaydi. Umuman, har doim aybni kimgadir, deylik, murabbiy yoki hakamga to'nkash mumkin emas. Futbolchilar bu masalada mudom aslida ko'prog'iga qodir ekanliklarini his qilishlari lozim.

- Milan yangi sarmoyadorlar ixtiyoriga o'tdi. Ammo umumiy holat anchagacha mavhum  bo'lib turdi. Bu jamoaga qanday tasir qildi?


- Tushunarliki, turli xabarlar xohlaymizmi-yo'q, to'laqonli ishlashga malum darajada xalaqit beradi. Ammo xursand qilgan tomoni, jamoamiz futbolchilari atrofdagi voqealar va gap-so'zlarga katta etibor qaratishmadi. Bu endi professionallik belgisidir.

- Milan transferlar bozorida ham faollik ko'rsatmadi. Natijaga bosh javobgar kishi sifatida aytingchi, jamoa tarkibini kuchaytirishga hojat yo'qmidi?


- O'z rejalarimni klub rahbariyatiga taqdim etganman. SHuningdek, Adriano Galliani bilan deyarli har kuni muloqotda bo'lib turibman. Demoqchimanki, barchasini o'zaro kelishib hal qilishga urinyapmiz. O'rtamizda qandaydir tushunmovchilik yo'q. Tabiiyki, tarkibni imkon qadar kuchaytirish bo'yicha alohida bosh qotirdik, xuddi boshqa klublar singari. Umuman, har bir jamoa mudom kuchayishga ehtiyoj sezadi. Hattoki, ketma-ket 5 marta skudetto yutgan Yuventus ham.

- Milanelloga kelgan paytingiz jamoaga aynan nima etishmayotgandi? Hozirda bu bo'shliq to'ldirildimi?


- Tashabbus ko'rsatish va o'z kuchiga ishonch hissi pastligi yaqqol sezilgandi. O'ylaymanki, ushbu muammolarni malum darajada bartaraf etishga muvaffaq bo'ldik. Men uchun eng muhimi - bu futbolchining ishga vijdonan yondashuvi. Murabbiy har dam jamoaga qo'shimcha quvvat bag'ishlash haqida bosh qotirishga majbur. Men tabiatan ehtirosliman, aks holda, kuniga 18 soatdan ishlamasdim.

A.ISROILXONOV tayyorladi
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика