Vinchenco Montella: "Gomes yana bir necha haftani o'tkazib yuboradi"
09 jan 2014 16:50
Yangiliklar

Vinchenco Montella: "Gomes yana bir necha haftani o'tkazib yuboradi"
"Fiorentina" bosh murabbiyi Vinchenco Montella klubning ikki nafar etakchi hujumchisi – Mario Gomes va Juzeppe Rossining jarohatlari borasida o'z fikrlarini bildirdi.
"Albatta, bizga Rossi ham futbolchi, ham inson sifatida etishmayapti. "Fiorentina"da qobiliyatli yoshlar juda ko'p, biroq ularni Rossi yoki Gomes bilan taqqoslash to'g'ri emas.
Gomes yana bir necha hafta maydonga tusha olmaydi. U hali maydondagi mashg'ulotlarni boshlagani yo'q.
Bitta klubda bunday yuqori saviyadagi ikki hujumchining jarohat olganini eslay olmayman", – deydi Montella.

Fikrlar